Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


-rasm “Keling quyoshni kiyintiramiz” tasviriy ko‘rinishi


Download 3.1 Mb.
bet74/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

6-rasm “Keling quyoshni kiyintiramiz” tasviriy ko‘rinishi
Bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni, jamoaviy o‘yin qobiliyatini rivojlantirish. Rivojlantirishning nozik vositasi – qo‘llar. O‘yin jarayoni: "Quyosh tabassum qildi". Bolalar quyoshni "ochiq ko‘zlar" tasviri bilan qo‘yishadi. Kattalar barcha bolalarni aylanada turishga, qo‘llarini ushlab, quyoshga va bir-biriga tabassum qilishga taklif qiladi. "Keling, quyoshni kiyintiramiz." Kattalar yoki bolalar stolning o‘rtasiga quyosh tasvirini qo‘yishadi "ochiq ko‘zlar".
Bolalarga "quyoshni kiyintirish" taklif qilinadi, ya'ni asosiy quyoshga qo‘llash orqali bola nurlarni aylana shaklida joylashtiradi.


"Quyosh uxlab qoldi".
Bola quyoshni teskari tomonga aylantiradi, ya'ni "yopiq ko‘zlar" tasviri va bolalarni "uyda" nurlar va kamonlarni yashirishni taklif qiladi ( chiroyli quti). Misol uchun, qizil nur va qizil kamon "uy"da yashiringan. Uyda barcha nurlar va kamon yashiringanida o‘yin tugagan hisoblanadi.

KLASTER METODI


Quyida biz Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kichik guruhlarida olib boriladigan mashg’ulotlar jarayonida didaktik o‘yinlarning usul va vositalarini ko‘rib chiqamiz: Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u tarbiyachilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
“Klaster” metodi aniq ob’yektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning tarbiyalanuvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan tarbiyalanuvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va tarbiyalanuvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
3-4 yoshli bolalarga didaktik o‘yinlar orqali ta’lim berishda “T” jadvali orqali o‘rganish mobaynida uning afzalliklari tarbiyachining o‘yin jarayoniga rahbarlik qilishi, bolalarga didaktik o‘yin orqali talim berish mobaynida kognitiv, aqliy va jismoniy faoliyati rivojlanishi belgilangan. Kamchiliklarida esa, o‘yin orqali bolalar o‘rtasida raqobat muhiti shakllanishi, bolaning jismoniy harakatlari sustlashishi ko‘rsatildi. Afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilindi. Bu metod o‘zining ijobiy natijasini berdi va yutuqli tomonlari yuqori bo‘ldi.
Ishbop o‘yin” mеtodi - bеrilgan topshiriqlarga ko‘ra yoki o‘yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) mеtodi hisoblanadi. O‘yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining xulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali bеriladi.


Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling