Qo’qon universiteti


Download 160.77 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi160.77 Kb.
#1108745
TuriReferat
Bog'liq
BIZNES VA TADBIRKORLIK REFERATI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QO’QON UNIVERSITETI
MOLIYA FAKULTET
MOLIYA YO’NALISHI

2 GURUH TALABASI ISMOILOV JAVLONBEK ISLOMJON OG’LI ‘’BIZNES VA TADBIRKORLIK ASOSLARI’’ FANIDAN YOZGAN IJODIY ISH


REFERATI

Tayyorladi; Ismoilov Javlonbek


Qabul qildi; AXMADJONOV O.X
Samsung kompaniyasi
Reja;
1.Kirish.
2.Tarixi.
3.Faoliyati.
4.Xulosa.





Samsung (koreyscha: 삼성전자, 三星電子, „Samson Chonja“) — xalqaro kompaniya. Markazi Seul shahrida joylashgan. Samsungning 56 davlatda joylashgan 124 ishxonasida 164 mingdan koʻproq xodim ishlaydi.

Samsung Electronics kompaniyasiga 1969-yil Suvon shahrida Samsung Electric Industries nomi bilan asos solindi. Dastlab Musurchalak, kalkulator, muzlatgich, konditsioner va kir yuvish mashinalarini ishlab chiqargan. 12 yil davomida, ya'ni 1981-yilgacha 10 milliondan koʻproq oq-qora televizior ishlab chiqardi.

Samsung Group (Samsung Guruhi) — nosanoat konserni (kompaniyalar guruhi), 1938-yilda Koreyada tashkil etilgan, Janubiy Koreyada eng katta kompaniyalardan biri. Jahon bozorida yuqori texnologik komponentlar, telekommunikatsiya uskunalari, maishiy texnika, audio va video qurilmalari ishlab chiqaruvchi sifatida mashhur.


«Samsung» so’zi (kor. Samsung , amaliy transkripsiya qoidalari bo’yicha yanada to’g’riroq tushunchasi — «samson») koreys tilida «uchta yulduz» degan ma’noni anglatadi. Balki bunday nom berilishi Samsung kompaniyasi asoschisi Li Byon Chxolning (son) uchta o’g’li bilan bog’liq bo’lishi mumkin, uning kichik o’g’li Li Gon Xi (samson) oilaviy mulkning katta qismiga vorislik qilishi kerak bo’lgan barcha sharq an’analariga zid tarzda kompaniyaga 2008-yilning apreligacha rahbarlik qilgan.



Samsung mahalliy qonunlar va qoidalarga rioya qilish bilan bir qatorda barcha xodimlarga qat’iy global axloq qoidalarini qo‘llaydi. Uning fikricha, axloqiy menejment nafaqat global biznes muhitidagi tezkor o‘zgarishlarga javob berish vositasi, balki mijozlar, aktsiyadorlar, ishchilar, biznes sheriklar va mahalliy jamoalar, shu jumladan turli xil manfaatdor tomonlar bilan ishonchni mustahkamlash vositasidir. Dunyodagi eng axloqiy kompaniyalardan biri bo‘lish maqsadida Samsung o‘z xodimlarini o‘qitishni va kuzatuv tizimlarini boshqarishni davom ettiradi, shu bilan birga adolatli va shaffof korporativ boshqaruvni amalga oshiradi
Samsung kompaniyasi tarixi haqida nimalarni bilasiz? Biz izlanishlarimiz oqibatida dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Samsung haqida 10 ta faktni yig‘dik va uni iszning hukmingizga xavola qilishni joiz deb topdik.

1. “Samsung” so‘zi koreys tilida «uch yulduz» degan ma’noni anglatadi.

2. Kompaniyaga bunday nom berilishi uning asoschisi Li Byon Chxolning uch nafar o‘g‘il ko‘rgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hozir konsernni asoschining kenja o‘g‘li Li Gon Xi (1987 yildan) boshqardi.

3. 1930-yillari koreyalik ishbilarmon Li Byon Chxol guruch uni ishlab chiqarish ishiga kirishadi. Tegu shahrida uncha katta bo‘lmagan ombor quradi. Ana shu ombor “Samsung” kompaniyasiga tamal toshi bo‘ladi.

4. Kompaniya 1938-yilda “Samsung Trading Company” savdo belgisi bilan ro‘yhatdan o‘tdi.
5. Kompaniya rahbari Li Byon Chxol olamdan o‘tganidan ikki hafta keyin – 1987 yil 1 dekabrda konsern boshqaruvini uning kenja o‘g‘li Li Gon Xi qo‘lga oldi va keng miqyosda islohotlar o‘tkazdi. Konsern marketingi butunlay qayta tashkil etildi, kompaniya nishoni yangilandi.

6. Samsung 1983 yildan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.

7. 1991 – 1992 yillarda shaxsiy mobil vositalar va mobil telefonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

8. 1999 yili konsern elektron maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha «Forbes Global» jurnalining mukofotiga sazovor bo‘ldi.

9. Konsernga tegishli LCD monitorlari va televizorlar ishlab chiqaradigan zavodlar Janubiy Koreya – Suvon shahri (1981), Vengriya (1990), Malayziya (1995), Buyuk Britaniya (1995), Meksika (1998), Xitoy (1998), Braziliya (1998), Slovakiya (2002), Hindiston (2001), Vetnam (2001), Tailand (2001) va Ispaniyada (2001) faoliyat yuritadi. Bu tarmoq kompaniyaga yiliga 5 mlrd. AQSh dollari olib keladi.

10. “Interbrand” konsalting kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, “Samsung” kompaniyasi savdo belgisining qiymati bo‘yicha dunyoda 21-o‘rinda turadi. Uning asosiy raqobatchisi “Sony” esa 25-o‘rinda.


Sizlarning deyarli har biringiz mazkur brend texnikasidan foydalangansiz yoki foydalanmoqdasiz. Samsung hozirgi kunda – bu kichik va yirik elektronikali maishiy texnikaning barcha turi. Samsung qanday qilib hozirgi darajaga yetishganini bilasizmi? Buning tarixi juda qiziq.

Barchasi 1930 yillarda boshlandi. Koreyaning unchalik katta bo‘lmagan Tegu shaharchasidagi tadbirkor Li Byon Chxol tegirmonda guruchli un chiqarib qishloq do‘konchasida sotardi. 1938 yilda u 40 ishchi o‘rinli firmaga asos soldi va guruchli un, lag‘mon va quritilgan baliqlarni Xitoyga sotishga mo‘ljallangan o‘z savdo yo‘lini tikladi. Savdo rivojlana boshladi va 1948 yilda Li Byon Chxol o‘z kompaniyasini – Samsung Trading Company nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazdi – o‘sha davrda ommabop va ambitsiyali bo‘lgan amerikacha nom asoschini uzoqni ko‘zlab qilgan rejasini ko‘rsatib turardi.


Kompaniya tez suratlarda rivojlana boshladi, ishlab chiqarish va eksport mahsulotlari sonini kengaytirdi – tikuv mashinalari, shakar, po‘lat, mineral o‘g‘itlar eksportini yo‘lga qo‘ydi. Nafaqat Xitoyga, yana Gonkong va Makao bilan savdo aloqalarini yo‘lga quydi. (Makao sobiq Portugaliya koloniyasi, ayni vaqtda Xitoy hududi).

Koreya urushi davri (1950–1953) Samsung Trading Co uchun og‘ir keldi, lekin kompaniya, iqtisodiy inqiroz sharoitida asosiy e’tiborini yirik kompaniyalarga qaratib ularni kredit, yengilliklar va davlat buyurtmasi bilan ta’minlagan (o‘sha davrda Samsungdan tashqari yana Daewoo, Hyundai kabi kompaniyalar tanilgan edi) asosan Janubiy Koreya hukumati yordamida omon qoldi va barcha muammolarni (vayron bo‘lgan zavodlar va omborxonalar) yenga oldi. Va 60-70 yillarga kelib Samsung mamlakatning yetakchi korporatsiyasiga aylandi.

1969 yilda kompaniya tarixida birato‘la ikki muhim xodisa ro‘y berdi. Ilk marta ingliz tilidagi yorliq (logotip) yaratildi va Sanyo kompaniyasi bilan hamkorlikda oq–qora televizorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bir necha yildan so‘ng mazkur qo‘shma tashkilot Samsung Trading Co nazoratiga o‘tadi va Samsung Electronics korporatsiyasiga aylanadi. U 1977 yilda rangli televizor, 1979 yilda videomagnitofon, 1983 yildan boshlab esa kompyuterlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Keyingi yillarda rivojlanish tez suratlarda o‘sa boshladi. Samsung keng ko‘lamli boshqa bo‘linmalar tashkil qildi, ayni damda ushbu korporatsiyaning nafaqat elektronika bilan shug‘ullanadigan bo‘limlari mavjud, balki sug‘urta, kimyo sanoati, og‘ir sanoat, quruvchilik, dam olish maskanlari, avtomobil sanoati bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari mavjud.

Dunyoni 828 metr balandlikka teng, eng baland Burj – Xalif minorasi binosi 2004 – 2010 yillarda Samsung korporatsiyasining Samsung Engineering bo‘linmasi tomonidan qurilgan.


Samsung Group uyushmasining MDH davlatlari bozorida asosan elektron sanoati namunalari taqdim etilgan:

1. Samsung Electronics – maishiy xizmat texnikasi (muzlatkichlar, kir


yuvish mashinalari, chang yutgichlar), audio – video qurilmalari (LCD va plazmali televizorlar, uy kinoteatrlari, mini va mikro tuzilmalar), uyali telefonlar, ofis texnikasi (smartfonlar, monitorlar, noutbuklar, printerlar va h.).

2. Toshiba – Samsung – qattiq disklar, videoga va rasmga tushirish uskunalari.


3. Samsung SDS – operativ xotira


Xulosa qilib aytganda Samsung kompaniyasi insoniyat uchun juda katta ahamiyatga ega xozirgi kunda.Deyarli barcha tehnikalar ishlab chiqarmoqda inson extiyoji uchun.Bu zamonaviy biznesda va tadbirkorlikda ochilmagan qirralarni va yutqlarni kelajak avlod uchun texnika asrini ochib berdi desak adashmagan bulamiz.





ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 160.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling