Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm. Alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalar inklyuziv


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
10-rasm. Alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalar inklyuziv 
guruhda tarbiyalanishi natijasida kognitiv va ijtimoiy 
rivojlanishi sezilayotganligini aniqlash ko‘rsatkichi
23
 
 
Bu ko‘rsatkich inklyuziv ta’limning nechog‘lik ijobiyligini 
ko‘rsatdi. Ya’ni, bolaning ijtimoiylashuvi va kognitiv 
qobiliyatlarining rivojlanishi hamda uning boshqa tengdoshlari 
qatori ta’lim-tarbiya olishi kelajakda yetuk shaxs bo‘lib 
yetishishini 
ta’minlaydi. 
Shuningdek, 
inklyuziv 
ta’lim 
AEBlarning yolg‘izlik iskanjasidan qutulishiga yordam beradi. 
23 Tadqiqot davomida muallifning hisob-kitobi 
Uning psixikasiga ijobiy ta’sir qilib, o‘zidagi bor imkoniyatlarni 
rivojlantirishga intiladi. Yengil darajadagi nuqsoni bo‘lgan 
bolalarda sog‘ayish holatlarini ham ko‘rishimiz mumkin. 
Inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilayotgan MTTlari 
xodimlariga berilgan “Alohida ehtiyojli bolalarga ta’lim-tarbiya 
berishda qaysi uslublardan foydalanish ta’lim jarayonidagi 
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam berdi?” – mazmunidagi 
savolga aksariyat holatda quyidagi javoblar olindi: 
1.
Individual shug‘ullanish; 
2.
Integratsiyalashgan mashg‘ulotlar; 
3.
Bolaga motivatsiya berish; 
4.
Interfaol metodlar; 
5.
Bolaga sog‘lom bolalardan farqli emasligini 
tushuntirish; 
6.
Tadbirlar, qiziqarli o‘yinlar orqali; 
7.
Qo‘shimcha shug‘ullanish; 
8.
Pedagoglar hamkorlikda ish olib borishi; 
9.
Mutaxassislar ko‘magi; 
10.
“Menga imkon bering”, “Men bajara olaman” 
metodlari. 
Bu javoblardan xulosa qilish mumkinki, inklyuziv ta’lim 
siyosati amalga oshirilayotgan MTTlarda pedagoglarning 
salohiyati oshib bormoqda. 
“Inklyuziv guruhning bola rivojlanishidagi muhim ijobiy 
jihatlarini sanab o‘ting” mazmunidagi savolimizga esa ko‘proq 
berilgan javoblar quyidagicha bo‘ldi: 
1.
Bola o‘z tengdoshlari bilan teng huquqda ekanligini 
anglaydi, jamiyatga kirishuvi osonlashadi; 
2.
Bolalar bir-birlariga mehr-oqibatli bo‘ladi; 
3.
Bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi; 
4.
Mashg‘ulotlarda ishtiroki kengayadi; 
5.
Bolaning holatiga e‘tibor berish; 
6.
Kasallik turiga qarab choralar ko‘rish; 
7.
Bola bilan individual ishlash jarayonida uni 
rag‘batlantirish; 
8.
Sog‘lom muhitga moslashadi; 
9.
Tengdoshlari mashg‘ulotlarda ko‘maklashadi; 
10.
Sog‘lom bolalar orasida psixologik jihatdan ham 
o‘zidagi nuqsonni unutadi. 
Bu anketa savoli orqali respondentlar inkyuziv taʼlim 
muhitining bola rivojlanishidagi o‘rni va ruhiy ijtimoiylashuv 
jarayonini tezlashtiruvchi faktorlarini alohida taʼkidlab o‘tdilar. 
Inklyuziv taʼlim bola shaxsining rivojlanishi uchun unga 
yo‘naltirilgan taʼlim taʼsirini taʼminlashi ko‘rsatib o‘tildi.
“Inklyuziv guruhdagi faoliyatingiz davomida yuzaga 
kelgan qiyinchiliklarni aytib o‘ting”. Ushbu savolimizga olingan 
javoblar: 
1.
Mutaxassis yordamiga muhtojligim; 
2.
Resurs materiallar moslanmaganligi; 
3.
Boladagi “o‘rtoqlarimga nisbatan orqada qolyapman”, 
degan 
qo‘rquvni 
yengib 
o‘tishiga 
yordam 
berishda 
qiynalganligim; 
4.
Ota-onaga to‘g‘ri tushuncha berish qiyinligi; 
5.
Bolaning oilaviy muhiti, bola bilan ishlashda uning 
ruhiyatini bilmaganligim; 
6.
Texnik jihozlarning yetarli emasligi; 
7.
Tashkilotga 
alohida 
soha 
mutaxassislari 
ajratilmaganligi; 
8.
Maxsus rivojlantiruvchi treninglar orqali muntazam 
ravishda o‘qitilib bormasligimiz natijasida zamonaviy yondashuv 
usullarini bilmasligimiz; 
9.
Sog‘lom bolalarda bulling (masxara qilish) yuzaga 
kelishini bartaraf etishdagi qiyinchiliklar; 
10.
Nuqsonli bolalarning ijtimoiylashuvidagi adaptiv davr 
kechikishining ob’yektiv va sub’yektiv sabablari. 
Yuqoridagi javoblar mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, 
aksariyat mutaxassislarda bolalar bilan ishlash jarayonida 
kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi, bolalar psixologiyasi va 
maxsus psixologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yetarli 
40
10
50
Ko‘maklashadi
Ko‘maklashmaydi
Ayrimlari
0
20
40
60


 
www.herald.uz
 
32
emasligi faoliyati davomida qiyinchiliklar kelib chiqishiga 
sabab bo‘lgan. Bolalardagi bulling taʼsirining paydo bo‘lishi 
umumiy ijtimoiy muhit buzilishi va ijtimoiy tabaqalanishga 
sabab bo‘lishining oldini olishda har bir bola shaxsining 
individual xususiyatlari va oiladagi muhitini yaqindan bilgan 
holda yondashish talab etiladi. Bunda esa tashkilot xodimi 
taʼlim va oila o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni samarali yo‘lga qo‘ya 
olgan bo‘lishi, ota-onalar bilan farzandi xulqidagi o‘zgarishlarni 
birgalikda tahlil qilishi lozim bo‘ladi. 
So‘rovnoma ishtirokchilaridan “Inklyuziv guruhda 
faoliyat olib borishingizda qanday yordam zarur?”, deb 
so‘ralganida esa quyidagicha javoblar oldindi: 
1.
O‘quv metodik resurslar kerak; 
2.
Mutaxassis yordamiga muhtojman (defektolog-
logoped, psixolog); 
3.
Guruhdagi bolalar sonini kamaytish va bolalar bilan 
alohida ishlash uchun tarbiyachi sonini ko‘paytirsh kerak; 
4.
Muntazam ravishda o‘quv seminarlar va amaliy 
treninglar o‘tkazish kerak deb hisoblayman; 
5.
Maxsus MTTlar tiklansin; 
6.
Zamonaviy didaktik ko‘rgazmali materiallar; 
7.
AEBlarga ta’lim-tarbiya berish uchun yo‘riqnoma bilan 
ta’minlanishi kerak; 
8.
Motivatsiyani oshirish va faoliyatimizdan mamnun 
bo‘lishimiz uchun moddiy va ma’naviy yordam berilishi; 
9.
Inklyuziv ta’lim dasturini zamonaviy, innovatsion 
darajada yanada takomillashtirish. 
Jamiyatda 
nogiron 
bolalar 
haqida 
bilimlarning 
yetishmasligi oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan 
chetda qolib ketmoqda. Bundan tashqari nogiron bolaning 
qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda 
qadrlanmasa, bolalarda o‘ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy 
munosabat shakllanib boradi. Har qanday jamiyatda har bir bola 
noyob, maxsus ehtiyojli bolalar esa boshqa bolalar singari 
huquq, ehtiyoj va intilishlarga ega degan dalilni idrok etish 
zarurati mavjuddir. Ushbu bilimlarni chuqurlashtirish, bu 
yo‘nalishda ish olib borish bola, oila, hamjamiyat darajasida 
hamma uchun muhimdir. Inklyuziv ta’limning bugungi kundagi 
holati, uning afzalligi va kamchiliklari qay darajadaligi hamda 
ushbu tizimni takomillashtirish jamiyatda qanchalik imkoniyatlar 
ochishi yoki bu yo‘lda qanday tahdidlarga duch kelishimizni 
quyidagi SWOT tahlili yordamida tasavvur qilishimiz mumkin (1-
jadval).

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling