Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm. Inkyuziv ta’lim berishning o‘ziga xos


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
12-rasm. Inkyuziv ta’lim berishning o‘ziga xos 
xususiyatiga ko‘ra yondashuv
1
 
Xuddi shu sababdan jamiyatda inklyuziv ta’limga nisbatan 
noxolis munosabat mavjud. Ba’zi hollarda bu muammo AEBlarni 
o‘qitish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-
texnik jihatdan tayyor emasligi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning 
maxsus qobiliyatlari, o‘quv dasturlari, maxsus didaktik, tuzatish 
va rivojlantiruvchi jihozlarga moslashtirilishini talab qiladi.
Bundan 
tashqari, 
ta’lim 
muassasalari 
xodimlari 
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim va ijtimoiy 
integratsiyalashuviga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, 
ijtimoiy-psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatishning maqbul 
amalga oshirilishiga xizmat qiladigan yuqori malakali kadrlar 
bilan ta’minlanishi kerak. Shuningdek, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida inklyuziv guruhlar uchun moslashtirilgan o‘quv 
dasturlarining yetishmasligi eng katta muammolardan biridir. 
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muammosi murakkab, munozarali, 
lekin u haqiqatan ham zaruriy ijtimoiy jarayondir, chunki uni hal 
qilish juda ko‘plab odamlarga manfaat keltiradi. 
Inklyuziv taʼlimga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, 
tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi. Ushbu jarayonda har 
bitta inklyuziv guruhda faoliyat olib boruvchi pedagoglarga 
maxsus 
mutaxassislar 
(defektolog-logoped, 
psixolog, 
surdopedagog, tiflopedagog, tibbiyot xodimi) doimiy ravishda 
yaqindan ko‘mak berishi lozim. Ushbu xodimlar o‘z zimmalariga 
quyidagi majburiyatlarni oladilar: 
13-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat 
yurituvchi mutaxassis majburiyatlari

 
1 Micah Russell “The Education System: “Now Climb That Tree” 
https://marquetteeducator.wordpress.com/2012/07/12/climbthattre
e/ 
Psixolog metodist bilan hamkorlikda inklyuziv guruh 
pedagoglarining jismoniy va ruhiy rivojlanishida imkoniyati 
cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida individual 
rivojlantiruvchi dasturlar asosida, korreksion yordamni amalga 
oshirishi, erishilgan yutuqlari va muammolari yuzasidan 
monitoring o‘tkazishi mumkin. Monitoring quyidagi tartibda 
o‘tkaziladi: 

psixologik diagnostika o‘tkazish va tahlil qilish; 

jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar 
bilan mashg‘ulot jarayonida olib borilayotgan ta’limiy-tarbiyaviy 
ishlarining samaradorligini aniqlash; 

tarbiyachining kasbiy mahoratini aniqlash; 

bolalarning psixologik rivojlanish dinamikasi, xotira, 
diqqat va tafakkurini aniqlash; 

bilim olish jarayonida bolalarning malaka va ko‘nikmalari 
qay darajada rivojlanishini kompleks ravishda aniqlash. 

Psixologik monitoring quyidagi kriteriyalarga tayangan 
holda o‘tkaziladi: 

ta’lim-tarbiya faoliyatining qay darajada shakllanganligi; 

rivojlanish dinamikasi; 

qiziqish motivatsiyasi; 

emotsional xususiyati (faolligi, hayajonlanishi, bezovta 
bo‘lish darajasi); 

mashg‘ulot jarayoniga bolaning emotsional holati 
ta’sirining rivojlanish dinamikasi; 

shaxsiy sifati (o‘z-o‘zini baholash); 

muloqotga kirishishi; 

tasavvur qilish qobiliyatining rivojlanish darajasi. 
Psixologik monitoring o‘tkazishda uni amalga oshirish 
tartibini aniq rejalashtirish lozim. Monitoringni bir nechta 
bosqichda o‘tkazish rejalashtiriladi va har bir bosqichda aniq 
vazifa belgilanadi. Ushbu jarayonda har bir tarbiyalanuvchining 
yoshi, imkoniyati, qobiliyati, individual xususiyatlari e’tiborga 
olinishi lozim. Monitoring o‘tkazish jarayonida TPPK (tibbiy-
psixologik-pedagogik 
komissiya)da 
ishtirok 
etuvchi 
mutaxassislar, psixolog, tibbiyot xodimlari, tarbiyachi, ota-
onalar, yordamchi tarbiyachilar, defektologlar va MTT 
rahbariyatining ishtirok etishlari ham alohida ahamiyat kasb 
etadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling