Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Inklyuziv ta’lim quyidagi tamoyillar asosida quriladi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Inklyuziv ta’lim quyidagi tamoyillar asosida quriladi: 
Individual yondashuv tamoyili - guruhdagi bolalarning 
har birining individual ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
ta’lim va tarbiya shakllari, usullari va vositalarini tanlashni o‘z 
ichiga oladi. Bolani rivojlantirishning individual dasturlari uning 
funksional holatini tashxislashga asoslanadi va ma’lum bir bola 
uchun individual rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishni 
taqozo etadi. Individual yondashuv nafaqat bolaning 
ehtiyojlariga e’tiborni o‘z ichiga oladi, balki bolaga o‘z shaxsi 
(MEN)ni anglash imkoniyatini beradi. 
Bolaning 
mustaqil 
faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash 
tamoyili. 
“Bolaning mustaqil faoliyati uchun shart-sharoitlarni 
ta’minlash”. Ushbu tamoyilning amalga oshirilishi ijtimoiy faol 
shaxsni shakllantirish muammosini hal qiladi. Faoliyat butunlay 
bolaga g‘amxo‘rlik qiladigan kattalar tomonida bo‘lsa, bolaning 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon bermaydi, keyin 
bolada “o‘rganilgan nochorlik" shakllanadi, bu bola tashqi 
tashabbusni kutgan holda, o‘zi passiv bo‘lib qoladi. Xuddi 
shunday holat nogiron bolalarning ota-onalari bilan ham sodir 
bo‘lishi mumkin. Ota-onalar ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun 
o‘z imkoniyatlarini e’tiborsiz qoldirib, davlatdan yordam 
kutishlari yoki faol ravishda yordam olishlari mumkin.
Kompleks ravishda yondashuv tamoyili. Bolalarning 
individual xususiyatlari xilma-xilligi ta’lim-tarbiya usullari va 
vositalarini aniqlash hamda ishlab chiqishda har tomonlama 
kompleks yondashuvni talab qiladi. Mutaxassislar (pedagog, 
logoped, ijtimoiy pedagog, psixolog, defektolog, rahbariyat 
ishtirokida) bir guruhda ishlaydi, muntazam ravishda bolalarga 
tashxis qo‘yadi va munozara jarayonida ham ma’lum bir sohaga 
qaratilgan ta’lim-tarbiya tadbirlari rejasini tuzadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling