Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda 
o‘zgaruvchanlik tamoyili. Turli xil rivojlanish xususiyatlariga ega 
bo‘lgan bolalarning inklyuziv guruhiga qo‘shilishi o‘zgaruvchan 
rivojlanish muhitining mavjudligi, ya’ni zarur rivojlantiruvchi va 
didaktik vositalar, o‘quv qo‘llanmalari, to‘siqsiz muhit, o‘qitish va 
tarbiyalashning o‘zgaruvchan uslubiy bazasi, tarbiyachining 
umumiy va maxsus pedagogikada turli xil ish uslub va 
vositalaridan foydalanish qobiliyatini nazarda tutadi. 
Inklyuziv ta’limni shakllantirishning hozirgi bosqichida shu 
vaqtgacha ishlab chiqilgan integral ta’lim tajribasi va alohida 
ta’limga muhtoj bolalar bilan ishlash tajribasiga ega 
ixtisoslashtirilgan muassasalarga tayanish kerak, chunki bu 
yerda mutaxassislar mavjud. Maxsus maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari resurs vazifasini bajarishi lozim. Bu yerda faoliyat 
olib boruvchi mutaxasisslar ommaviy maktabgacha ta’lim 
tashkiloti pedagoglariga o‘z tajribalarini o‘rgatishi, shuningdek 
har bir bolaning individual xususiyatidan kelib chiqqan holda 
ta’limiy-tarbiyaviy reja va yo‘nalish berib borishi lozim. Ushbu 
muassasalarga inklyuziyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar uchun 
manba (resurs) sifatida qaralishi lozim. 
Ushbu muammolarni hal qilish uchun maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida inklyuziv ta’limni rivojlantirishni boshqarishda 
quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: 
1.
Resurs tahlilini o‘tkazish; 
2.
Inklyuziv ta’limni tashkil etishni tartibga soluvchi 
qonunchilik bazasini yaratish; 
3.
Ma’muriy-strategik ishlarni tashkil etish; 
4.
Xodimlarni boshqarish tizimini tashkillash; 
5.
Uslubiy xizmat faoliyatini optimallashtirish; 


 
www.herald.uz
 
35
6.
Nogiron 
bolalarni 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarining korreksion va rivojlanish salohiyatidan 
foydalangan 
holda 
moslashtirish, 
rivojlantirish 
va 
ijtimoiylashtirishni kompleks psixologik-pedagogik qo‘llab-
quvvatlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
7.
Bolalarning ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlar 
tizimini yangilash; 
8.
Shahar va viloyatdagi fan, ta’lim, tibbiyot va madaniyat 
tashkilotlari bilan aloqalarni kengaytirish va hamkorlikni 
mustahkamlash. 
Ushbu yondashuv bilan pedagogika umuman o‘zgaradi, u 
nafaqat alohida ehtiyojli bolalarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini normal rivojlanayotgan bolalar kabi rivojlantirishga 
intilish ma’nosida, balki ta’lim-tarbiya mohiyatini ham 
o‘zgartiradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling