Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ta’lim mazmunini yangilashning yetakchi tendensiyasi 
sifatida inklyuzivlik hozirgi vaqtda o‘ta dolzarb muammo 
hisoblanadi. Bu ob’yektlar va inklyuziya variantlarini oqilona 
tanlash muammosini hal qilishni nazarda tutadi. Maxsus ehtiyojli 
bolalarni umumiy maktabgacha taʼlim tizimida o‘qitish 
pedagoglardan ikki karra masʼuliyat bilan ishlashni talab etadi. 
Shuning uchun ham oliy pedagogik maʼlumotli va malaka 
oshirish kurslarini o‘tab, inklyuziv taʼlim pedagogik 
kvalifikatsiyasini olgan tajribali pedagoglargina inklyuziv 
guruh tarbiyachisi etib tayinlanishi lozim. 
Xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga ko‘ra AEBlarni 
deinstitutizatsiyalashning joriy qilinishi ulardagi motivatsion 
faollikning oshishiga ijobiy taʼsir qiladi. Bu, ayniqsa ularning o‘z 
tengqurlari bilan ta’lim-tarbiya muhiti yaratilishi orqali 
taʼminlanadi. Buning uchun guruhdagi bolalar sonini qisqartirish, 
mashg‘ulot jarayonida soha mutaxassislarining (psixolog, 
logoped, defektolog, tilfopedagog, surdopedagog) ishtirokini 
taʼminlash va ota-onalar bilan taʼlim muassasasi o‘rtasida uzviy 
aloqani o‘rnatish talab etiladi. Shu bilan birgalikda АEBlar uchun 
harakatlanish imkoniyatini yaratuvchi qulay sharoitlar va 
transport xizmatlari joriy qilinishini taqozo etadi. Bundan 
ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom bolalarni imkoniyati 
cheklangan bolalarning holatini to‘liq perseptiv his qilishga 
o‘rgatish hamda AEBlarning hayotga intiluvchanligi kognitiv 
imkoniyatlarini o‘stirishni taʼminlashdan iborat. 
Maktab va maktabgacha inklyuziv taʼlim qachon ushbu 
jarayonga tayyor bo‘ladi? 

inklyuziv 
taʼlim 

tarbiya 
bosqichini 
modernizatsiyalashning vazifalaridan biri sifatida belgilansa; 

maktab va maktabgacha sifatli taʼlim tushunchasi 
doirasida jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan 
bolalarning ham ishtiroki taʼminlansa; 

oilalar, pedagogik jamoalar, rahbar xodimlar orasida 
maktab va maktabgacha yoshdagi jismoniy va ruhiy 
rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalar alohida maxsus 
taʼlimga jalb etilishi kerak, degan fikrlarga barham berilsa; 

Har bir shahar va tuman MTTlaridan biri inklyuziv resurs 
markazi sifatida belgilansa;

Ota-onalarning qonuniy xabardorligi oshirilsa. 
Jamiyatda har qanday shaxsga uning qiziqishlari, 
ehtiyojlari, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim turini 
tanlash huquqi berilishi kerak. Shubhasiz, jamiyatning tuzilishi 
qanchalik murakkab bo‘lsa, ijtimoiy tabaqalanish va qiyinchiliklar 
shunchalik katta bo‘ladi. Ushbu muammoni ijobiy hal qilmasdan, 
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning konstitutsiyaviy 
huquqlariga tajovuz qilish, ularning qadr-qimmatini mensimaslik 
va ijtimoiy kamsitish ko‘rinishlariga barham bermasdan turib 
hech bir davlat sivilizatsiyalashgan mamlakatga aylanmaydi. 
Maktabgacha alohida ehtiyojli bolalar inklyuziv ta’limini 
takomillashtirish yo‘nalishlari quyidagilarga asoslanadi: 

erta tashxisni yo‘lga qo‘yish; 

maxsus ehtiyojli bolalarga nisbatan jamiyatda ijobiy 
munosabat uyg‘otish; 

ota-onalar va hamjamiyatning ishtirokini kuchaytirish; 

o‘qitish uchun zarur vosita va asbob-uskunalarning 
mavjudligini ta’minlash; 

ta’lim muassasalarini jismoniy va ruhiy rivojlanishida 
kamchiligi bor bolalarga ham imkoniyat yaratishni e’tiborga 
olgan holda moslashtirish; 

kadrlar tayyorlash jarayonida islohotlarni amalga 
oshirish; 

pedagoglarning inklyuziv malakasini oshirish uchun tez-
tez seminar-treninglar o‘tkazish; 

inklyuziv ta’limni joriy qilish bo‘yicha xalqaro va milliy 
tajribalarga asoslangan holda, multimedia kutubxonalarini 
tashkil etish va ularni ommaga targ‘ibot qilish; 

har bir umumiy MTTlari tasarrufida inklyuziv ta’limni 
targ‘ibot qilish, o‘quv metodik majmualar, dasturlar bilan 
ta’minlash va joylardagi mahalliy xalq ta’limi organlari bilan 
o‘zaro aloqa o‘rnatish, axborotlarni yetkazish vazifasini 
bajaruvchi pedagoglar, ota-onalar ishtirokida jamoaviy kengash 
tuzish talab etiladi. 
Inklyuziv taʼlimning asosiy g‘oyasi – bu bolani taʼlim 
tizimiga kirishga tayyorlash emas, balki taʼlim tizimini ularga (har 
xil turdagi bolalarga) moslashtirishdir. Shunisi muhimki, inklyuziv 
taʼlim jamiyatda har bir shaxsni ruhan sog‘lom va o‘z o‘rniga ega, 
pozitiv fikrlay oladigan bo‘lib shakllanishiga kuchli ta’sir qiladi. 
Bu esa jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish va intellekt 
imkoniyatlarini to‘la namoyon eta olmaslik muammosining 
barham topishiga zamin yaratadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling