Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
“Ijod faqat buyuk san’at asarlarini yaratgan daholarning 
taqdiri emas. Ijod kishi qaerda tasavvur qilsa, birlashtirsa, yangi 
narsani yaratgan joyda mavjud bo‘ladi”, deb yozgan edi 
L.S.Vigotskiy 2 . Vigotskiyning ushbu fikrini hayotimizning har 
jabhasida ko‘rishimiz mumkin. Bolaning hayotida ham xuddi 
shunday, ya’ni bola ham har kuni ijod qiladi va yangi narsalarni 
kashf qiladi. Faqat biz uning kashf qilgan narsalarini va ijodini 
tushunmasdan ba’zan ozor berib qo‘yamiz. 
V.N.Drujinin, S.Yu.Zalutskaya, Ye.P.Ilin, V.А.Krutetskiy kabi 
tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, qobiliyatlar oʼz navbatida 
oddiy va murakkab qobiliyatlarga ajratiladi. Oddiy qobiliyatlar – 
idrok, xotira, tafakkur, tasavvur, irodaning oddiy darajada 
rivojlanganligining faoliyatda psixik aks etishi boʼlib, u shaxsning 
voqelik va hodisalarni eng oddiy darajada idrok qilishi, maʼlum 
voqeliklarni, oʼzlashtirilgan boshlangʼich maʼlumotlarni yodda 
saqlashi, oʼzi uchun maʼlum boʼlgan sohalar boʼyicha fikrlashi
tanish boʼlgan holatlar haqida maʼlum jarayonlarni tasavvur 
qilishi, murakkab boʼlmagan vaziyatlarda oʼz irodasini namoyon 
etishi kabi xislatga egaligini ifodalaydi. Murakkab qobiliyatlar – 
oʼquvchi, talabalarning taʼlim olishga, mutaxassislarning kasbiy 
faoliyat malakalarini oʼzlashtirishga boʼlgan layoqati, zehni 
hamda umumiy intellektual rivojlanish darajasini namoyon qiladi. 
“Layoqati jihatidan oddiy yoki murakkab qobiliyatlarning 
rivojlanish darajasiga mos kelmagan biror-bir shaxs hech bir 
faoliyatni bajarishga kirisha olmaydi” 3 . Bolalarda oddiy 
qobiliyatlar ham murakkab qobiliyatlar ham rivojlanadi, lekin biz 
ularga e’tibor qaratmasak bu qobiliyatlar rivojlanish o‘rniga 
so‘nib boradi. Shu sababdan ham bolaning har bir qilgan ishiga 
o‘z munosabatimizni bildirishimiz, avval yutuqlari so‘ng 
kamchiliklariga to‘xtalishimiz zarur. Bolaning qilgan ishlariga 
“noto‘g’ri”, “xato” deya munosabat bildirishimiz ularning 
rivojlanayotgan qobiliyatlarini so‘ndirishi ham mumkin.
Bolalar bog'chasi amaliyotida tushunchalarning mazmuni 
ko‘pincha chalkashtirib yuboriladi: "grafik faoliyat" (naqsh bilan 
tikilgan), "ijodiy dizayn" va "bolalar dizayni"ning haqiqiy faoliyati. 
Tabiiyki, bu cheklovlar shartli, lekin ayni paytda quyidagilarni 
ta'kidlash kerak: badiiy va didaktik mashg'ulotlardan so‘ng 
bolalar mahsulotlari papkalar va qutilarga solinadi va keyin talab 
“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida 
2 Л.С.Виготский Мишление и речь Москва-1999г 
3
 Дружинин 
Владимир 
Николаевич 
Психология 
обўих 
способностейИздательство: Питер, 2008 г 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling