Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT NATIJASI 
Kichik guruhdagi bolalarni didaktik o‘yinlarga o‘rgatish 
mobaynida “Nilufar guli” va “Ishbop o‘yin” mеtodlaridan 
foydalanish samarali usul hisoblanadi va quyidagicha izohlanadi: 
1.
Didaktik o‘yinga o‘rgatish mobaynida yosh bolalar
uchun faol, qiziqarli mashg'ulotlar orqali qobiliyat va o‘ziga xos 
xususiyatlar aniqlashtiriladi; 
2.
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun didaktik o‘yin 
harakatlari ishlab chiqiladi; 
3.
o‘yin bolalarga yangi bilim beradi va ularning fikrini, bilim 
doirasini kengaytiradi; 
4.
bolalar o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadi; 
5.
bolada do‘stona munosabatlar tarbiyalanib, jamoa 
hayoti malakalari, tashkilotchilik qobiliyatlari shakllantiriladi; 
6.
tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o‘yinga jalb 
qilish, bolalar o‘rtasida haqqoniylikka, tengdoshlari o‘rtasida 
javobgarlik hissining boshlang’ich ko‘nikmalarini shakllantirishdan 
iboratdir. Didaktik o‘yinlarni bu metodlardan foydalanib olib borish 
bolada ta’lim sifatini oshirish va o‘yinga qiziqish, hayotiy 
vaziyatlarni o‘yin orqali hal qilish, ta’limni noan’anaviy o‘yin usuli 
orqali tashkil etishni didaktik tamoyillaridan foydalanishni 
ko‘rsatib beradi. 
Didaktik o‘yin muammosi xorijiy adabiyotlarda ham ko‘rib 
chiqildi. Bunga misol qilib amerikalik olim U.M. Glasser XX asrning 
birinchi yarmida didaktik o‘yin bo‘yicha tadqiqotlarning qisqacha 
mazmunini tuzib chiqdi. 
Bolalar oʻyinlarining biologik va psixologik nazariyalarini 
koʻrib chiqishni umumlashtirib, u oʻyinni aniqlash va tasvirlashdagi 
qiyinchiliklar tufayli taʼlimotlarning aksariyati nazariy ishlarga 
emas, balki empirik bilim - bu shaxsning dunyo bilan o‘zaro 
aloqalarida, ilmiy bilimlarga murojaat qilmasdan to‘plagan barcha 
bilimlari bo‘lib, kuzatishlarga qaratilganligini taʼkidladi. Shunga 
qaramay, quyidagi ta'rif berildi: "Inson o‘yini - bu odamlar 
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar sharoitlardan tashqarida qayta 
tiklanadigan faoliyatdir”. 
O‘rganishlardan 
kelib 
chiqib, 
maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotida didaktik o‘yinlar bolalar bog'chasida ta'limning eng 
muhim vositalaridan biri bo‘lib, natijalarga ko‘ra 3-4 yoshli 
bolalarda didaktik o‘yinlarni olib borishda quyidagicha tahlil 
qilinadi: 

didaktik o‘yinlar bolalar nutqini rivojlantirish; 

bolalar didaktik o‘yinlari hissiyotlarni rivojlantirish; 

o‘yin jarayonida bolalar o‘zlarini o‘rab turgan narsalarga
kundalik hayotning hodisalariga, tabiatga, o‘yinlarga to‘g'ri 
munosabatni shakllantirish;

o‘yin shaxsning asosiy fazilatlarini tarbiyalashga yordam 
beradi; 

bolaning bilimini chuqurlashtiradi, aqliy tarbiyani 
rivojlantiradi; 

o‘yinda bola so‘z boyligini oshiradi, ham faol, ham passiv, 
tovushlarni va butun so‘zlarni to‘g'ri talaffuz qilishni, jumlalarni 
tuzishni, o‘z fikrlarini aniq ifoda etishni o‘rganadi.

tengdoshlar va kattalar bilan bo‘lgan munosabatlar, turli xil 
shaxsiy xususiyatlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. 

didaktik o‘yin bolalarda kognitiv jarayonlar va 
qobiliyatlarni rivojlantiradi, ular aqliy faoliyatning ijtimoiy 
rivojlangan vositalari va usullarini o‘zlashtiradi. 
Didaktik o‘yinlarni ulardagi bolalarning nima egallashi va 
o‘ziga jalb etishi nuqtai nazaridan tahlil qilsak, birinchi navbatda bu 
bolalarning faolligini rag'batlantiradi, ularda qoniqish hissini 
uyg'otadi. O‘yin shaklida yashiringan didaktik vazifa bola 
tomonidan yanada muvaffaqiyatli hal qilinadi, chunki uning e'tibori 
birinchi navbatda o‘yin harakatini qo‘llash va o‘yin qoidalarini 
amalga oshirishga qaratilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling