Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
7-rasm. “Nilufar Gul” 
 
O‘rta guruhda didaktik o‘yinlar orqali bolalar eshitish
ko‘rish, sezish a’zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash 
uchun ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish, narsalarni 
tashqi ko‘rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga 
ajratishni o‘rgatish vazifalari amalga oshiriladi. Yana didaktik o‘yin 
davomida bolalar o‘rtaga qo‘yilgan masalani hal etishda sabr-
matonatli 
bo‘lishga, 
qiziquvchanlikka, 
diqqat-e’tiborlilikka 
odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik o‘yinlar orqali tovushlarni 
diqqat bilan tinglab, baland-pastligiga, ritmiga, tembriga, 
dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga o‘rgatib boriladi. 
Katta guruhda didaktik o‘yinlar quyidagi vazifalarni hal 
etishni maqsad qilib qo‘yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira 
bilish, bir-biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik 
farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza bilish, 
narsalarning joylanishidagi o‘zgarishlarni) aytib bera olish kabi 
sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o‘simlik, transport 
ta’rif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini 
o‘stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy 
belgilariga qarab guruhlarga bo‘lish qobiliyatini rivojlantirish, so‘z 
faolligini oshirish va to‘ldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, 
mozaika va boshqalar yasash malakasini o‘stirish).
Musiqaviy didaktik o‘yinlar orqali tovushlarni bir-biridan 
farqlashni o‘rgatish, ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg'u 
asboblari ovozining tembrini farq qilish ("Kim kuylayapti?", 
"Shiqildoqli childirma"), ovozning dinamikasini ajrata olish ("tez, 
sekin kuylaymiz") uchun foydalanish kabi vazifalar amalga 
oshiriladi. 
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o‘yinlar hamma 
yosh guruhlaridagi kabi alohida o‘rin tutadi va bu guruhda didaktik 
o‘yinlar orqali quyidagi ta'lim-tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: 
bolalarda didaktik o‘yinlarga qiziqish uyg'otish, har bir narsani 
bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tibor, ziyraklik, aqliy 
vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash. Ularga 
narsalarni turkumlarga bo‘lishda yordamlashuvchi o‘yinlarni, 
domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka, sakrovchi 
biryo‘lkalarni jumboq o‘yinlar, og'zaki o‘yinlar (“Dengiz 
to‘lqillanmoqda”, "Qora va oq”), ranglarni va ulardagi nozik 
ayirmalarni bir-biridan farqlashni o‘rgatadigan o‘yinlar o‘tkaziladi.
1
Musiqaviy-didaktik o‘yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga 
diqqat bilan quloq solishga (“Tovushlarni takrorla”, “Ikki 
metalafonni galma-gal chalish” va h.k) ritmik shaklni gavdalantirib 
berishga ("O‘z ritmingni o‘ylab ol", "Bolalar va filchalar"), dinamik 
farqlarni bir-biridan ajratishga ("Ovchilar va quyonlar”) o‘rgatiladi. 
Didaktik o‘yinda bolalar har doim o‘zlarini o‘ynayotgandek 
his etishlari kerak. Narsalar bilan o‘tkaziladigan didaktik 
o‘yinlardan tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari va 
bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari bilan, ularni ishlatish usullari 
bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalanadi. Bolalarning 
narsalar, ularning sifati to‘g'risidagi bilimlarini mustahkamlash 
16
1
Дидактические игры для детей 3-4 лет в детском саду, 29.10.2018 
14:24 
uchun har xil o‘yinchoqlar, suratlar, uy-ro‘zg'or buyumlaridan 
foydalaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling