Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm “Keling quyoshni kiyintiramiz” tasviriy ko‘rinishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
6-rasm “Keling quyoshni kiyintiramiz” tasviriy ko‘rinishi 
Bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni, jamoaviy o‘yin 
qobiliyatini rivojlantirish. Rivojlantirishning nozik vositasi – qo‘llar. 
O‘yin jarayoni: "Quyosh tabassum qildi". Bolalar quyoshni "ochiq 
ko‘zlar" tasviri bilan qo‘yishadi. Kattalar barcha bolalarni aylanada 
turishga, qo‘llarini ushlab, quyoshga va bir-biriga tabassum 
qilishga taklif qiladi. "Keling, quyoshni kiyintiramiz." Kattalar yoki 
bolalar stolning o‘rtasiga quyosh tasvirini qo‘yishadi "ochiq 
ko‘zlar".
Bolalarga "quyoshni kiyintirish" taklif qilinadi, ya'ni asosiy 
quyoshga qo‘llash orqali bola nurlarni aylana shaklida joylashtiradi.
 
"Quyosh uxlab qoldi".
Bola quyoshni teskari tomonga aylantiradi, ya'ni "yopiq 
ko‘zlar" tasviri va bolalarni "uyda" nurlar va kamonlarni yashirishni 
taklif qiladi ( chiroyli quti). Misol uchun, qizil nur va qizil kamon 
"uy"da yashiringan. Uyda barcha nurlar va kamon yashiringanida 
o‘yin tugagan hisoblanadi.  
 
“KLASTER METODI” 
Quyida biz Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kichik 
guruhlarida olib boriladigan mashg’ulotlar jarayonida didaktik 
o‘yinlarning usul va vositalarini ko‘rib chiqamiz: Klaster (g‘uncha, 
bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan 
shakli bo‘lib, u tarbiyachilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, 
ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun 
sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar 
o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi 
tuzilmani aniqlashni talab etadi. 
“Klaster” metodi aniq ob’yektga yo‘naltirilmagan fikrlash 
shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash 
tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod 
muayyan mavzuning tarbiyalanuvchilar tomonidan chuqur hamda 
puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda 
bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab 
chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, 
undan tarbiyalanuvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida 
tashkil etiladigan mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin. 
Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va 
tarbiyalanuvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui 
tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni 
umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini 
yaratadi. 
3-4 yoshli bolalarga didaktik o‘yinlar orqali ta’lim berishda 
“T” jadvali orqali o‘rganish mobaynida uning afzalliklari 
tarbiyachining o‘yin jarayoniga rahbarlik qilishi, bolalarga didaktik 
o‘yin orqali talim berish mobaynida kognitiv, aqliy va jismoniy 
faoliyati rivojlanishi belgilangan. Kamchiliklarida esa, o‘yin orqali 
bolalar o‘rtasida raqobat muhiti shakllanishi, bolaning jismoniy 
harakatlari sustlashishi ko‘rsatildi. Afzalliklari va kamchiliklari tahlil 
qilindi. Bu metod o‘zining ijobiy natijasini berdi va yutuqli tomonlari 
yuqori bo‘ldi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling