Qo’qon Universtiteti Xorijiy til 7/23


Psixologiya fanining prinsiplari va tadqiqot metodlari


Download 464.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana20.11.2023
Hajmi464.32 Kb.
#1789238
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari Psix

Psixologiya fanining prinsiplari va tadqiqot metodlari.
Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha 
yondashish prinsiplarini quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi: 
1) Determenizm
2) Ong va faoliyat birligi; 
3) Taraqqiyot; 


4) Tarixiylik; 
5) Predmetlilik
6) Monizim; 
7) Nutq va tafakkur birligi; 
8) Faollik; 
9) Interiorizatsiya va eksteriorizatsiya; 
10) Faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi; 
11) Psixikani Sistemali analiz; 
12) Aks ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in’ikos qilinuvchi ob’ektga 
bog‘liqligi va hokazo. 
Psixologiya fanining asosiy printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyat 
printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsiplari ishlab chiqiladi.
A) Sub’ektiv asosga nisbatan ob’ektiv asoslar birlamchiligi printsipi.
Psixika material bo‘lmasa ham materiyadan ayrim holda yashay olmasligidan kelib 
chiqadi. Shuning uchun ham psixologlar psixikaning tashqi material ko‘rinishidan 
o‘rganadilar.  
B) Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi rol o‘ynashi printsipi.  Psixika 
taraqqiyotda faoliyatning yetakchi rol uynashi printsipi inson psixikasining 
mehnatda yuzaga kelganligi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga 
ko‘ra psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayrim xolda o‘rganish mumkin.
 V) Psixik xodisalarning o‘zaro bog‘liqlik printsipi. Psixik xodisalarning 
o‘zaro bog‘liqlik printsipini bizning ichkpi dunyomiz yagona bir butun 
ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, aniq shaxslarga xos miyaning 
yagona ma’suli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jixatdan shaxslarning ayrim 
tomonlarini, uning psixikasini o‘rganishning o‘zi asosiy maqsad bo‘lib qolmasligi 
kerak. Xar bir tekshirishda biron psixik xodisaning boshqa psixik xodisalar bilan 
uzviy aloqasini va ta’sirini xisobga olish lozim bo‘ladi.
G) Psixik faoliyatni o‘rganishda ob’ektivlik printsipi. Boshqa tekshiruvchilar 
qatori psixologda xam real ma’lumotlarni o‘rganishni va real axvolni 
tasvirlamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yul qo‘ymaslikni 
talab qiladi.
Ye)Nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi printsipi. Nazariya amaliyotni yet 
aqlab borishini o‘z qobiliyatiga o‘ralashib qolmasdan amaliyotga yangi-yangi 
yo‘llarni ko‘rsatishni talab etadi.
D) Determinizm printsipi. Printsipiga ko‘ra psixika yashash sharoiti bilan 
belgilanadi, va yashash sharoiti o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Inson ongining paydo 
bo‘lishi formalari va taraqqiyoti oqibat natijada hayot uchun zarur bo‘lgan moddiy 
narsalar ishlab chiqarish usullari taraqqiyotining qonununlari bilan beligilanadi.
Masalan determinizm printsipiga ko‘ra psixika yashash sharoiti bilan 
belgilanadi va yashash sharoiti bilan o‘zgaradi. 
Ong va faoliyat birligi printsipi psixologlarning xulq-atvor xatti-xarakatlar 
va faoliyatni o‘rganish orqali xatti-xarakatlardan ko‘zlagan maqsadlarga 
muvofaqiyatli erishishni ta’minlovchi ichkii psixologik mexanizmlarni, ya’ni 
psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi. Psixka va ongning 
faoliyatda taraqqiy etish printsipiga ko‘ra psixikaga taraqqiyot maxsuloti va 


faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda aynan tushuntirib berish 
mumkin. Ong va faoliyat birligi printsipiga ko‘ra ong bilan faoliyat bir-biriga 
qarama-qarshi aynan ham emas, ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatining 
ichki planini, uning programmasini tashkil etadi. Faqat ongdagina vokelikning 
dinamik modellari yaratiladi, ana shu modellar yordamida odam tevarak-atrofni 
kurshab olgan muhit bilan munosabatga kirishadi. Psixika va ongning faoliyatida 
taraqqiy etishi printsipiga ko‘ra, psixikaga taraqqiyot maxsuloti va faoliyat natijasi 
deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda aynan tushuntirib berish mumkin. Bu 
printsip 
psixologiyalardan 
P.P.Blonskiy, 
L.S.Vigotskits, 
S.L.Rubinshteyn, 
B.M.Teplov va boshqalar tomonidan ishlangan, ularning asarlarida o‘z ifodasini 
topgan.
1. Psixologiyaning ananaviy, empirik 
metodlari to 
hozirgi kungacha 
muvafaqqiyatli qo‘llanilmoqda.

Download 464.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling