Qo’qon Universtiteti Xorijiy til 7/23
Download 464.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari Psix
Harbiy psixologiya – jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-
atvorini, boshliqlar va ularga itoat qiluvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar psixologik tomonlarini, «psixologik urush» olib borish metodalrini (propaganda va kontrpropaganda muammolarini), jangovor texnikani boshqarishning psixologik muammolarini va shuning kabilarni tekshiradi. Sport psixologiyasi – sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jixatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o‘zlarini safarbar qilishga qanchalik tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi psixologik parametrlarni (ulchovlarni), musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik faktorlarni qarab chiqadi. Qiyosiy psixologiya – psixologiyaning bu soxasi psixik hayotning filogenetik (nasliy) formalarini tekshiradi. Zoopsixologiya qiyosiy psixololgiyaning bo‘limlaridan biri bo‘lib, xar xil sistematik guruxlarga (tur, jins, oila) mansub hayvonlar psixikasini o‘rgandi. Etologiya – biologiya va psixologiyaning nisbatan yangi soxasi bo‘lib, bu soxa xayvonlar hatti-xarakatlarining tug‘ma mexanizmlarini maxsus ravishda o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti jamoada odamlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni o‘rganishdan iborat. Din psixologiyasi diniy tasavvurlar va hissiyotlarni xurofotlarning kelib chiqishi va ularning yengishning psixologik sharoitlarini, diniy jazava (zikr)larni va shu kabilarni o‘rganadi. Sotsial psixolgiyadan so‘ng uning bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxs psixologiyasini (ba’zan differential psixologiya deb yuritiladi) aytib o‘tish lozim. Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini takozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan soxalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yetakchidir. 1. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti moxiyatini to‘la anglash va uning rivojlanish tendentsiyalarini belgilashdagi o‘rni va axamiyatidan kelib chiqadi. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashnishakllantirish muammosi kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafko‘ra va milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda. 2. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muxim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan xam foydalanadi, xam ularning ko‘lami kengayishiga baxoli qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda aloxida axamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro xamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruxida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga oshirish xam ikki fan xamkorligi va o‘zaro aloqasini xar qachongidan xam dolzarb qilib qo‘ydi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish xam shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o‘qitishning eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Kibernetika fani soxasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham axamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z o‘rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bo‘lgan XX va xar bir aloxida ma’lumotning qadr-qimmati oshishi kutilayotgan XXI asrda informatsion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika xamkorligining saloxiyati yanada ortadi. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va xamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va xamkorligi ham yangilik bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Download 464.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling