Qo’qon Universtiteti Xorijiy til 7/23
Biografiya (tarjimai hol) metodi
Download 464.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari Psix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning
hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar,tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar, o‘rganilayotgan shaxsnito‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarni ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlartorqali ijodiy hayol bilan bog‘liq jarayonlar: sheriat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobliyati, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarni o‘rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’ldumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, iroda etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘qqisiga erishishi jarayonida na’muna vazifasini o‘taydi. Xulosa Xulosa qilib aytganda hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol toptirish manfaatlari yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya berishga, shuningdek huquqiy madaniyatga yangicha, yana ham keng ko‘lamda yondashishni talab qiladi. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlari qayta ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan, umumiy psixologiya, bir tomondan, o‘ziga xos ravishda psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni avvalo shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamiyatga munosabati haqida, uni tadqiq etish usullari, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan xabardor etgan holda, ularni o‘z kasbiga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani zimmasiga oladi. Bu bilimlarni egallamasdan turib, tinglovchilarning o‘qishi va mehnat faoliyatiga, profilaktik ta’lim va tarbiya berish, unga rahbarlik qilishga layoqatli professional mutaxassisni muvaffaqiyatli tarzda voyaga yetkazib bo‘lmaydi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur bo‘lgan, chunki ular bevosita va bilvosita odamlar bilan ishlaydi. Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak atrofdagi odamlarning psixik xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o‘z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri deb izoh berilgan. Jon tushunchasining bo‘lishi ibtidoiy odamlarning antimistik qarashlari bilan bog‘liqdir. Foydalanilgan adabiyotlar Umumiy psihologiya kursi Psihologiya Wilkipedia Download 464.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling