Qoqshol kasalligi. Qoqshol kasalligining tarixi va odamlarda qoqshol alomatlari. Yuqumli kasalliklar
Download 22.89 Kb.
|
1 2
Bog'liqQoqshol
Mavzu: Qoqshol Reja: Qoqshol kasalligi. Qoqshol kasalligining tarixi va odamlarda qoqshol alomatlari. Yuqumli kasalliklar. Qoqshol kasalligi Qoqshol (lotincha: Tetanus') — bu asab tizimining shikastlanishi va skelet mushaklarining tonik tirishishi va umumiy talvasalar (судороги) bilan namoyon boʻladigan sapronoz bakterial oʻtkir yuqumli kasallik. Patogenning yuqishi kontakt mexanizm orqali sodir boʻladi. Bemor boshqalar uchun yuqumlilik xavfini tugʻdirmaydi. Kasallik oʻchogʻida epidemiologik tadbirlar oʻtkazilmaydi; Kasallikdan keyin immunitet rivojlanmaydi; Qoqshol infektsiyasidan soʻng tuzalib ketish yangi kasallanishdan himoya qilmaydi; Kasallikning rivojlanishi uchun yetarli boʻlgan oz miqdordagi qoqshol toksinlari kerakli antitana titrlarini ishlab chiqarilishini taʻminlay olmaydi. Shuning uchun qoqsholning klinik shakllari boʻlgan barcha bemorlar tashxis qoʻyilgach yoki tiklanishdan keyin darhol qoqshol anatoksini bilan emlanishlari kerak Qoqshol qoʻzgʻatuvchisi gram-musbat qoqshol tayoqchasidir (lotincha: Clostridium tetani ) — spora hosil qiluvchi anaerob sanaladi, ya’ni u kislorodsiz muhitda yashaydi. Bu uchlari dumaloq bo’lgan, uzunligi 4-8 mkm va eni 0,3-0,8 mkm, 20 tagacha uzun xivchinga ega bo’lgan harakatchan ingichka tayoqchadir. Qoqshol qoʻzgʻatuvchisi ubikvitar (hamma joyda yashovchi) toifasiga kiradi, ammo ayni paytda shartli patogen mikroorganizm sanaladi. U odam va hayvonlar ichaklarining normal florasi tarkibiga kirib, u yerda xoʻjayin organizmga zarar yetkazmagan holda yashaydi va koʻpayadi. Shu sababli qoqshol bakteriyalari bilan yuqori darajada ifloslanish qishloq xoʻjaliklari — inson va hayvon najasi bilan ifloslangan, namlik yetarli darajada boʻlgan bogʻlarda, sabzavot maydonlari, yaylovlar va boshqa joylarda uchraydi. Bakteriyalar kislorod mavjud boʻlganda va 4 °C dan kam boʻlmagan haroratda spora hosil qiladi. Sporalar tashqi taʻsirlarga chidamli: 90 °C gacha haroratga 2 soat, qaynatilganda 1-3 soat, quruq holatda 150 °C gacha haroratga bardosh bera oladi, shoʻr dengiz suvida 6 oygacha yashaydi. Kislorod mavjud boʻlmaganda, 37 °C harorat va yetarli namlik sharoitida sporslar beqaror vegetativ shaklga oʻtadi. Qoʻzgʻatuvchi qoqshol ekzotoksini ishlab chiqarsfi, u bakterial zaharlardan biri boʻlib, kuchi boʻyicha botulinotoksindan keyingi oʻrinda turadi. Toksin isitish, quyosh nuri, ishqorli muhit taʻsirida parchalanib ketadi. Ichak shilliq qavati orqali soʻrilmaydi, shuning uchun yutilganda xavfsiz sanaladi. Download 22.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling