Qoqshol qo`zg`atuvchisi


Download 64.5 Kb.
bet1/13
Sana20.01.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1103484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5375338290352229044


Patogen sporali anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrenalar, botulizm qo‘zg‘atuvchilari. 
Qoqshol qo`zg`atuvchisi
Qoqshol qo`zg`atuvchisi Cl.tetani N.D.Monastirskiy (1883) va A.Nikolayer tomonidan kashf etilgan (1884). 1889 yili S.Kitazato uning sof kulturasini ajratib oldi.
Morfologiyasi. Qoqshol qo`zg`atuvchisi (Cl.tetani) grammusbat, to`g`ri, harakatchan tayoqcha bo`lib, uzunligi 4—8 mkm, eni 0,3—0,8 mkm. Hujayraning o`rtasi va chetlarida kiritmalar joylashadi, sporasi, asosan, chetda joylashib, hujayraga do`mbra shaklini beradi. Qoqshol qo`zg`atuvchisi peritrix, kapsula hosil qilmaydi. O`sishi. Cl.tetani qat'iy anaerob pH 7,0-7,9 bo`lgan qandli yoki qonli agarda 37C0 haroratda nozik parda, ayrimlari markazi zich va atrofi ingichka ipsimon o`simtalar ko`rinishidagi R-koloniyalar hosil qiladi. Kulturani agar ustunchasiga sanchib ekilganda ikki xil: o`rtasi momiqqa o`xshash S-shaklidagi va yasmiqqa o`xshash yirik R-shaklidagi koloniyalar hosil bo`ladi. Kitt-Tarossi muhitida bu klostridiy bir xil quyqa va o`ziga xos hidli gaz hosil qilib o`sadi. Tetanospazmin tortishib qolishini idora etuvchi nerv to`qimasining hujayralariga ta'sir etib uni shikastlaydi. Tetanolizin esa qondagi eritrositlarni eritib yuboradi. Kulturani bulonda o`stirib, so`ng filtrdan o`tkazib olingan 0.0000005 ml toksin 20 vazndagi oq sichqonni o`ldiradi. Qoqshol ekzotoksini ichak shilliq qavati orqali so`rilmaydi, shuning uchun uni og`iz orqali yuborilganda hayvonni o`ldirmaydi.
Antigen tuzilishi. Qoqshol qo`zg`atuvchisi guruhiga xos somatik O- va xivchinli H-antigenlarga ega. N-antigenga ko`ra qoqshol qo`zg`atuvchisi 10 ta serologik variantga, O-antigen bo`yicha seroguruhlarga bo`linadi.
Chidamliligi. Qoqshol qo`zg`atuvchisi vegetativ holda 60—70C0 haroratida 30 daqiqa qizdirilganda o`ladi. Klostridiy sporalari tashqi muhitga juda chidamli. Sporalar tuproqlarda 1 yilgacha, turli buyumlarda uzoq saqlanadi. Sporalar 10—90 daqiqa qaynatilganda, ayrimlari 1—3 soat davomida o`ladi. fenolning 5% li eritmasi 8—10 soatda, formalinning 1% li eritmasi 6 soatdan so`ng o`ldiradi, boshqa dezinfeksiyalovchi moddalarning faqat yuqori konsentrasiyasi ta'sir etadi.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling