Qoqshol qo`zg`atuvchisi


Download 64.5 Kb.
bet3/13
Sana20.01.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1103484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5375338290352229044

Davosi va profilaktikasi. Jarohatga xirurgik ishlov berilgandan so`ng, qoqsholga qarshi anatoksin, antitoksik zardob yuboriladi, bu esa organizmda faol immunitet hosil qiladi. Qoqsholga qarshi maxsus immunoglobulin yuborilsa, u yaxshi natija beradi. Qo`shimcha infeksiyalarning oldini olish va qo`zg`atuvchiga ta'sir etish uchun antibiotiklar (penisillin, sefalosporin) qo`llaniladi. Bemor alohida, tinch, shovqinsiz xonalarda davolanadi, tirishishni kamaytiruvchi (neyroleptik, xlorargidrat va boshqalar), yurak-tomir sistemasining faoliyatini yaxshilovchi preparatlar beriladi. Kompleks davolash choralari olib borilishi natijasida o`lim kattalar va bolalar o`rtasida birmuncha kamaygan.
Maxsus profilaktikasida qoqshol anatoksini qo`llaniladi. Reja bo`yicha AKDS va ADS-M vaksinalar 2, 3, 4, 16 oylikda va 7, 16—17, 26, 46 yoshdagi bola va kattalarga qilinadi.
Botulizm
Oilasi: Bacillaceae 1869 yilda Van Ermengen topgan
Avlod: Clostridium
Turi: Cl.botilinum
Toksin antigeni buyicha 8 ta serovari uchraydi:
A, B, C1, C2, D, E, F va G
Morfologiyasi. Kasallik bakteriyalari uzun tayoqcha shaklida bo`lib, ikki cheti bir oz bukilgan, uzunligi 4-9 mkm, eni 0,6-0,9 mkm, chidamli (sporali) va chidamsiz vegetativ xillari uchraydi. Fizik, kimyoviy omillar ta'sirida o`z shaklini o`zgartiradi, ya'ni polimorf, grammusbat, harakatchan, 4-30 tacha xivchini bor (peritrix).
O`sishi. Botulizm kulturasi qat'iy anaerob, A, B, C1, C2, D, G, E, F, Q serovarlari mavjud. Kitt-Tarossi muhiti va jigarli muhitda bir xil quyqa hosil qilib ko`payadi, so`ngra cho`kmaga tushadi. Glyukozali qonli agarda dumaloq, chetlari notekis koloniyalar hosil qilib o`sadi, ular atrofida gemoliz halqa paydo bo`ladi.
Fermentativ xususiyati. Biokimyoviy xususiyati bo`yicha faol, shuning uchun glyukoza, maltoza, levuleza va boshqa qandlarni gaz va kislota hosil qilib parchalaydi. Jelatina va ivigan zardoblarni suyultiradi. Suyuq muhitlarda to`qima parchalari, oqsilni parchalab vodorod sulfid, ammiak, uchuvchi aminlar, ketonlar, moy va sirka kislotalarini hosil qiladi. Botulizm qo`zg`atuvchisining A va B serovarlari kuchli proteolitik xususiyatiga ega, ammo C va D serovarlar bu xususiyatga ega emas. E serovarning esa kuchsiz biokimyoviy belgilari mavjud.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling