Qor ko`chkilari, Muzliklarning hosil bo`lishi va ularning rejimi, Muzaliklarning turlari va tarqalishi
Download 35.96 Kb.
|
Qor ko`chkilari, Muzliklarning hosil bo`lishi va ularning rejimi
Qor ko`chkilari, Muzliklarning hosil bo`lishi va ularning rejimi, Muzaliklarning turlari va tarqalishi Qor ko`chkisi – bu katta hajmdagi qorning 20 – 30 м/с tezlida ko`chishiga yoki harakatlanishiga ataladi. Ko'chki tushishining ko'p zarar yetkazadigan jihati bu ko`chkidan oldingi to'lqin hisoblanadi.O`zbekistonda qor ko`chkisi xavfi yuqori mavud bo`lgan hududlar bu tog`li hududlardir. Qor ko`chkisining paydo bo`lish sabablari: uzoq vaqt qor yog'ishi, kuchli qor erishi, zilzila, portlash va tog' yonbag'irlarining titrashi shular jumlasidandir. O'zbekistonning iqlimi keskin o`zgaruvchan bo'lib, uzoq qor yog`ishi va keyingi kunda issiq haroratning kuzatilishi qor erishiga olib keladi. Qor ko`chkisi ostida qolganda qanday harakatni bajarish lozim. Burun va og'zingizni sharf yoxud bo'yinbog' bilan yoping; ko'chki bo'ylab harakatlaning, qo'lingizni suzish holati kabi harakatlanib ko'chkining sirtida ushlab turishga va tezlik past bo'lgan tomonga harakat qiling. Ko'chish to'xtaganda, yuz va ko'krak yaqinida bo'sh joy yaratishga intiling, u nafas olishga yordam beradi. Imkoningiz bo'lsa, yuqoriga qarab harakat qiling. Ko`chki vaqtida baqirmang – sababi qor barcha tovushni o`z ichiga yutib yuboradi, bu kabi samarasiz harakatlar kislorod va issiqlikdan mahrum qiladi. Oqibatda, holdan toyasiz. Eng asosiysi xushingzni yo`qotmaslikka va uxlab qolmaslikka harakat qiling. Sizni qutqarishlariga va qidiruv ishlari olib borilyotganiga ishoning (bu kabi vaziyatlarda qor ko`chkisi ostidan besh hatto o`n uch kun muddatgacha insonlar qutqarib qolingan). Turli xil baxtsiz hodislarning oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tog'li hududlarda ayniqsa, taqiqlangan joylarda harakatlanmaslikni tavsiya etadi. Muzlik yillab, asrlab qor yigʻilishi uning ablatsiyasidan (erish va sublimatsiya) oshib ketgan yerlarda shakllanadigan doimiy katta muz jismidir. Muzlik yuzasi kamida 0.1 km², qalinligi esa 50 m boʻladi, u bunday vazn ostida asta-sekin deformatsiyalanadi va oqadi, unda darz va teshiklar paydo boʻladi. Muzlik oqishi natijasida kar va morenalar yuzaga keladi. Muzliklar quruqlikda vujudga keladi, suv havzalaridagi katta muz boʻlaklari esa dengiz muzi deyiladi. Muzliklarni oʻrganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzliklar global kriosfera uchun muhimdir. Muzlik — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning botiq joyida toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hozirgi vaqgdagi M.lar maydoni 16,1 mln. km² dan ortiq (qarang Muzliklar). M.lar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ M. va tekislik M.ga boʻlinadi. M. ni-shab tomonga surilib turadi. 1 ° qiyalikda yerda M. siljishi uchun kalinligi 55–60 m boʻlishi kerak. 45° qiyalikda 1,5–2 m kalinlikdagi muz siljiydi. M.ning siljish tezligi muz temperaturasiga, joyning qiyaligiga va muz qalinligiga bogʻliq. M. kuniga bir necha mm dan 2–3 m gacha siljishi mumkin. Togʻ muzliklari daryolarni suv bilan toʻyintiruvchi manbadir. Baʼzan siljib borib, vodiylarni toʻsib qoʻyadi va suv toshqinlariga sabab boʻladi.[1] Yer sayyorasidagi muzliklarning 99% i qutb mintaqalarida yotadi, biroq muzliklarni har qitʼadagi togʻlarda va baʼzi baland orollarda ham uchratish mumkin. 35° shimoliy va 35°S janubiy kengliklar orasida muzliklarni faqat Himoloy, And, Sharqiy Afrikadagi baʼzi baland togʻlar, Meksika, Yangi Gvineya va Eronda topish mumkin.[2] Muzliklar Yerdagi eng katta chuchuk suv zahiralaridir, ulardagi suv dunyo aholisining uchdan bir qismiga yetadi.[3] Aksariyat muzliklar suvni bir fasl davomida saqlab, boshqa faslda erib chiqaradi, bu erigan suv oʻsimlik va hayvon dunyosi uchun kerakli suv manbaidir. Muzliklar yogʻin, harorat va bulut qatlami kabi uzoq vaqtli iqlim oʻzgarishlariga sezgir boʻlib, iqlim oʻzgarishidan xabardor etadi va dengiz sathi oʻzgarishiga hissa qoʻshadi. Perito Moreno muzligi, gʻarbiy Patagonia, Argentina. Download 35.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling