Qorа oqsoq (brutsellez) kаsаlligi аsorаtlаri
Download 329.56 Kb.
|
Qorа oqsoq (brutsellez) kаsаlligi аsorаtlаri
Qorа oqsoq (brutsellez) kаsаlligi аsorаtlаriQorа oqsoq (brutsellez) kаsаlligi аsorаtlаriQora oqsoq (brutsellyoz) — turli xil yuqish yo‘llariga ega bo‘lgan, keng tarqalgan polietiologik, zooantroponoz, o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. U organizmning bir qancha, asosan tayanch-harakat a’zolarining hamda asab tizimining shikastlanishi, vujudning zaharlanishi va allergiyaning namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, infeksion jarayonning rivojlanishi, aksariyat hollarda surunkali kechishi, ko‘p hollarda, keyinchalik bemorlarda nogironlikni keltirib chiqarishi mumkin.Xastalikni brutsellalar guruhiga mansub bakteriyalar paydo qiladi. Mayda shoxli mollardagi qora oqsoq qo‘zg‘atuvchisi odam uchun yuqori patogen hisoblanadi. Qoramollardagi esa nisbatan yengil klinik ko‘rinishdagi dardni yuzaga chiqarishi mumkin. Cho‘chqalardagi qo‘zg‘atuvchi kamdan-kam hollarda kasallikka sababchi bo‘ladi. It, cho‘l va butazorlarda yashovchi kalamushlarda ham brutsellyozni chaqiradigan turlari bor.
Odam uchun kasallik manbai yirik va mayda shoxli hayvonlardir. Qora oqsoq qo‘zg‘atuvchisi organizmga og‘iz, burun, ko‘z shilliq pardalari, jinsiy a’zolar va himoyalanmagan teri orqali kira oladi. Kasal hayvonlarni tug‘dirishda qatnashgan odamlarning zararlanish xavfi juda yuqori. Ko‘pincha himoyalanmagan (qo‘lqopsiz) qo‘l bilan hayvon terisini ajratib olish va unga qayta ishlov berish paytida kasallik yuqadi.
Davolanishni kech boshlash tufayli kasallik surunkali holatga o‘tib, yillab davom etishi kuzatilgan. Natijada odam uzoq vaqtgacha ish qobiliyatini yo‘qotib, umrining oxirigacha nogiron bo‘lib qoladi. Kasallikning oldini olish uchun chorva mollari saqlanadigan molxonalarni ozoda saqlash kerak. Hayvonlar boqilgan joy, ularga ishlatilgan asbob-uskunalarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan himoyalash lozim. Hayvonlarga yordam berishga kirishgan kishi o‘ziga dard yuqtirmaslik uchun shaxsiy gigiyena va maxsus kiyimlardan foydalanishi zarur.
Chorvachilik ishlari bilan shug‘ullanadigan insonlar, albatta, o‘zlarini qora oqsoq kasalligiga tekshirib turishlari shart. Go‘sht va sut mahsulotlarini yaxshilab qaynatib, so‘ngra iste’mol qiling. Belgilanmagan joylar yoki qo‘lda sotilayotgan sut, qaymoq va boshqa turdagi sut mahsulotlarini xarid qilmaganingiz ma’qul.
Download 329.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling