Qorahoniylar davlat boshqaruv tartibi


Download 50.13 Kb.
bet1/7
Sana23.11.2023
Hajmi50.13 Kb.
#1795206
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qorahoniylar davlat boshqaruv tartibi


QORAHONIYLAR DAVLAT BOSHQARUV TARTIBI

Kirish




I

Qorahoniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy – iqtisodiy hayoti




1.1

Qorahoniylar davlatining tashkil topishi.




1.2

Qorahoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti




II

Qorahoniylar davlatiningboshqaruv tuzumi va uning o’ziga xos xususiyatlari




2.1

Qorahoniylar davlatining markaziy boshqaruv tuzumi




2.2.

Qorahoniylar davlatining Maʼmuriy-boshqaruv tizimi




III

Xulosa




IV

Foydalanilgan adabiyotlar





KIRISH
Mustaqil ishining dolzarbligi: “O’tkankunlar” romani muallifi Abdulla Qodiriy ham ,,Moziyga qaytib ish ko’rish, xayrlidir” deb bejizga aytmaganlar. О’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining qо’lga kiritilishi О’zbekiston xalqiga ma‘naviy uyg’onish, о’zlikni anglash, boy tarixiy о’tmishini о’rganishga imkon yaratib berdi. Mustaqillik tufayli о’zbek xalqining kо’p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma‘naviy merosini о’rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yо’l ochildi. Ma‘naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma‘naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlanishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. IX -XII asrlarda Markaziy Osiyoda rо’y bergan murakkab tarixiy jarayonlar О’zbekiston tarixi taraqqiyotida ham о’ziga xos о’rinni egallagan.
999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.
Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkash davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (9-asr oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi "yabgʻu" deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan.
Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. 10-asrning oʻrtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda "qoraxon" unvoni bilan ulugʻlangan "buyuk xon" oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar "qoraxon" unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻroxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan.
Mana shu o’ziga xos bo’lgan davlat boshqaruv tizmini o’rganish bizga o’sha davr tarixining ko’p sirlarini ochib beradi. Hamda milliy davlatchiligimizning qanday shakllanganligini kuzatish imkoni beradi.

Download 50.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling