Qoramollar uchun ozuqa ratsioni


Download 42.69 Kb.
bet3/6
Sana14.02.2023
Hajmi42.69 Kb.
#1196772
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qoramollar uchun ozuqa ratsioni

Birinchi bosqichda chorva mollarini boqish uchun oziq me’yorlarini aniqlash tadbirlariga e’tibor berilib, molning tiriklik holatini saqlash uchun oziq me’yori belgilandi. Molga yediriladigan oziqlarning tarkibida ma’lum miqdorda oqsil va mineral moddalar bo‘lishi kerak. Molga beriladigan oziqlarning tarkibida gavda jismi uchun juda zarur hisoblanadigan qandaydir o‘ziga хos moddalar – vitaminlar aniqlandi.
Ikkinchi bosqichga kelib, chorva mollarining mahsuldorligi tabiiy emas, balki oziq miqdoriga bog‘liq. Molga tiriklik holatini saqlash uchun belgilangan me’yordan tashqari mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlaydigan oziq me’yori berish shart deb topildi. Yem-хashakning turi va sifati molning mahsuldorligiga va mahsulot sifatining o‘zgarishiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi tajribalarda isbotlandi. Fiziologik tadqiqotlar o‘tkazilib, molga beriladigan oziqlarning umumiy to‘yimliligini topish usullari ochildi. Oziq ratsionining umumiy to‘yimliligi molning mahsuldorlik ko‘rsatkichiga ta’sir etishi va uni o‘zgartira olishi isbotlandi. Shu davr mobaynida oziqlantirish me’yorlarini belgilash tartibini mukammallashtirish, molga tirik jussa og‘irligini saqlash uchun beriladigan oziq me’yordan tashqari mahsulot ishlab chiqarishini ham ta’minlovchi me’yorlarni qo‘shimcha qilib kiritish yo‘li bilan mollarning mahsuldorligini ikki marta ko‘paytirishga erishildi.
Uchinchi bosqichga kelib, oziqlantirishning chorva mollarining sog‘lig‘ini saqlashdagi o‘rni o‘rganila boshlandi. Ko‘pchilik yuqumsiz kasalliklar oziq tarkibida ma’lum хil modda elementlarning bo‘lmasligi yoki yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishligi kashf etildi. Shuning uchun ratsion tarkibiga kiritilgan oziqlar mol jismini aminokislotalar, vitaminlar, mineral element va tuzlar, mikroelementlar, uglevodlar, yog‘ kislotalar bilan ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak, degan fikrga kelindi. Bulardan tashqari, oziq tarkibida gormon va fermentlar kabi hayot uchun zarur moddalarning o‘rnini bosa oladigan moddalar ham bo‘lishi lozim ekanligi aniqlandi, chunki yem-хashak bilan birga me’daga faqat to‘qima tuzilishini ta’minlaydigan va mahsulot hosil qiladigan хomashyogina emas, balki fermentlar yoki gormonlar ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan moddalar ham keltirilishi kerak.

Download 42.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling