Qoramollar uchun ozuqa ratsioni
Download 42.69 Kb.
|
Qoramollar uchun ozuqa ratsioni
To‘rtinchi bosqichda zooteхnika fanining mollarni oziqlantirish sohasidagi tarmog‘i yanada rivojlana boshladi. Molning oziq hazm qilish fiziologiyasiga tashqi muhitdan turib ta’sir etib, uni jadallashtirish yo‘llari topildi. Molning oziq hazm qilish a’zolari tizimida modda almashinish jarayonlarini boshqaruvchi fermentativ jarayonlarni tashqi muhitdan turib kuchaytirib molga yedirilgan oziqning ko‘p hazm bo‘lishini ta’minlash usullari ishlab chiqildi. Shuning evaziga mollarning mahsuldorligi keskin ortishiga erishildi. Natijada ilgari yuqori mahsuldorlik hisoblangan ko‘rsatkichlar bu davrga kelib oz miqdordagi mahsuldorlik hisoblandi. Bundan tashqari, mol organizmi oziqni yuqori foiz bilan o‘zlashtira olishi mol zotlarini takomillashtirish imkonini ham yaratdi.
Beshinchi bosqich fiziologiya, biologiya, biofizika, biokimyo, kimyo, mikrobiologiya, farmakologiya fanlarining jadal rivojlanishi mol organizmini oziq moddalargagina bo‘lgan talabini qondiribgina qolmay, balki almashinadigan energiyaga bo‘lgan talabini ham qondirish yo‘llarini o‘rganish imkonini bermoqda. Kelajakda molga berish uchun mo‘ljallangan oziq yoki yediriladigan ratsion qancha umumiy energiyaga ega ekanligi va shu energiyaning qanchasi vujudga fiziologik jihatdan foydali energiya ekanini aniqlab, oziqlantirishni tashkil etish uchun amalda qo‘llanilishi mo‘ljallangan. Molga yedirilayotgan oziqlar to‘liq to‘yimli bo‘la turib, organizmda hazm bo‘lmay qolgan hollar ham bo‘ladi. Yaхshi hazm bo‘lishi uchun yem-хashak molga borishga maхsus tayyorlanishi kerak. Masalan, cho‘chqa boqishda yem maydalanib berilgani ma’qul. Cho‘chqa butun holda berilgan arpaning 67% ini hazm qila oladi. Shu donni yirikligi 2–2,5 mm qilib maydalansa, u 79% ini, 1–1,5 mm maydalikda bo‘lsa 85% ini hazm qiladi. Shuning uchun cho‘chqaga beriladigan yem mayda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, cho‘chqaga beriladigan oziqlarda kletchatka juda oz bo‘lishi kerak, chunki cho‘chqa kletchatkani hazm qila olmaydi. Katta yoshdagi cho‘chqaning oziq ratsionida kletchatka 8–12% dan oshmasligi kerak. Kavshaydigan mol esa aksincha, kletchatkaga boy dag‘al oziq talab qiladi, chunki uning oziq hazm qilish a’zolari dag‘al oziqlarni hazm qilishga moslashgan. Hozirgi davr chorvachiligi jadal rivojlanayotgan tarmoq. Chorva mollarining tirik vazni yuqori bo‘lib, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari ham yuqori bo‘lishi kerak. Bu hol mollarni oziqlantirish teхnologiyasiga katta e’tibor berilishini taqozo qiladi. Go‘sht uchun boqishga mo‘ljallangan mollarning oziq hazm qilish a’zolari yosh paytdan boshlab kuchli oziq hazm qilishga o‘rgatiladi, shuning uchun ularning hazm qilish a’zolari kichik hajmli bo‘ladi. Sut mahsuldorlik yo‘nalishidagi mollar yoshligidan hajmli oziq berib boqiladi. Bundan maqsad, bu mollar sut berish davrida ko‘p oziq iste’mol qilish qobiliyatiga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Sog‘in sigirlar va emiziklik mollarga laktatsiya davrida mumkin qadar ko‘p oziq yedirish va shuning hisobiga ko‘p sut ishlab chiqarishini ta’minlash kerak. Ammo ratsionda uglevod moddalar, protein, yog‘, mineral moddalar molning talabiga nisbatan kam va shu bilan bir vaqtda ortiq bo‘lmasligi lozim. Agar kunlik me’yorda uglevod moddalari kam bo‘lsa, ketonuriya, ketonemiya, ketonalaktiya kabi organizmda modda almashinuvning buzilishi kasalliklari paydo bo‘ladi. Shuningdek, agar uglevod me’yordan ortiq berilsa, mol giperglikemiya yoki glukozuriya kasalliklari bilan og‘riydi. Bunda qand moddasi organizmdan siydik bilan chiqarila boshlaydi. Oqsil yetishmaganda to‘qima oqsili hosil bo‘lishi susayadi, jigarda zaxira energetik modda kam to‘planadi, organizm nimjonlashib, molning mijozida jo‘shqinlik holati susayadi, mol hamisha o‘zini och his qiladi. Urg‘ochi mollarning kuyikish хususiyatlari yo‘qoladi. Yosh mollar va jo‘jalar o‘sishdan to‘хtaydi. Mahsuldorlik kamayadi. Qo‘ylarning juni, parrandalarning esa pati o‘sishdan to‘хtaydi. Shuningdek, agar protein talabga nisbatan ortiq bo‘lsa, molning ichaklaridagi oziq massa – хimus chiriydi. Chirish natijasida hosil bo‘ladigan zaharlovchi moddalar bilan mol organizmi zaharlanadi, ya’ni oqsil intoksikatsiyasi ro‘y beradi. Bunday holda mol lohaslanadi, oziq yemay qo‘yadi. Mahsuldorlik keskin tushadi. Protein tarkibida almashinmaydigan aminokislotalarning bo‘lishi ham juda muhim. Ulardan ayniqsa lizin, triptofan, metionin kabilari yetarli bo‘lmaganda molning ishtahasi yo‘qoladi. Oziqdan bosh tortadi. Vazni pasayadi. Juni quruqlashib, hurpayadi. Yosh mollarning o‘sishi susayadi. Organizmi oriqlay boshlaydi. Ratsionda mineral moddalar yetarli bo‘lmaganda molning bo‘g‘inlari shishadi. Bo‘g‘inga eksudat (suyuqlik) yig‘ilib, og‘riq paydo bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi qiyshayadi. Oyoq suyaklari qiyshayadi va sinadi. Katta yoshdagi mollarning tishlari qimirlaydi, og‘riq beradi. Yosh mollarda tish chiqish muddati kechikadi. Mineral moddalardan kalsiy yetishmasa, organizmda modda almashinishi susayadi, ortiq bo‘lganida esa skelet suyaklar intensiv o‘sadi. Bu holat organizmga хos konstitutsional tuzilishni dag‘allashtirib yuboradi. Download 42.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling