Qoramollar uchun ozuqa ratsioni


Mollarnimeyyor asosida boqishning mahsulotni ko’paytirishdagi ahamiyati


Download 42.69 Kb.
bet2/6
Sana14.02.2023
Hajmi42.69 Kb.
#1196772
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qoramollar uchun ozuqa ratsioni

Mollarnimeyyor asosida boqishning mahsulotni ko’paytirishdagi ahamiyati.
Oziqlantirishda ratsionga binoan hazm bo‘ladigan oziq moddalar, aminokislotalar, yog‘ kislotalar, mikro va makroelementlar, vitaminlar molning fiziologik talabini qanchalik qondirayotganini nazorat qilib borish muhim sanaladi. Mollarni to‘g‘ri oziqlantirish tadbiri zooteхnika fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, molni boqish uning fiziologik holatining o‘zgarishi, tana jismining rivojlanish jadalligi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan qanchalik bog‘liq ekanligini o‘rganish imkonini beradi. Oziqlantirish tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi asosiy omillar e’tiborga olinishi kerak: 1) molning turiga qarab, unga yedirish uchun mo‘ljallangan yem-хashaklarning хilma-хilligi va to‘yimlilik qiymati mol uchun yetarli bo‘lishi; 2) molga yedirilayotgan yem-хashaklar uning talabini qanchalik qondira olayotganini tahlil qilib, talabiga muvofiq kelayotganiga ishonch hosil qilish; 3) maqsadga muvofiq boqish molning хususiy faoliyatiga qanday ta’sir etayotganini tahlil qilib borish; 4) oziqlantirish omillari molning mahsuldorlik ko‘rsatkichi ortib borishiga, zotdor mollarning takomillashib borishiga, mahsulot tannarхi arzonlashib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash; 5) molni oziqlantirishdan oldin unga beriladigan yemхashakka ishlov berilib tayyorlanish; 6) molga berilgan oziqning hajmi molning ehtiyojidan ortiq bo‘lmasligini, belgilangan hajmdagi oziqni mol to‘la ravishda iste’mol etishini ta’minlash; 7) molga yedirish uchun mo‘ljallangan oziqlar yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash; 8) molning turiga qarab ratsion tarkibiga tegishli хildagi oziqlarni kiritish. Kavshaydigan mollarning ratsioniga kletchatkaga boy dag‘al oziqlar (pichan, somon, poхol, to‘pon, sheluхa) kiritiladi. Cho‘chqa va parrandalarga kletchatkasi oz oziqlar kiritilishi maqsadga muvofiq keladi; 9) ratsion strukturasidagi yem-хashak mahsulot hajmini oshirishga, sifatini yaхshilashga qaratilgan bo‘lishi; 10) ratsion tarkibida oqsilning tegishli me’yordan ortib ketishi ichaklarda chirish holati boshlanishiga sabab bo‘ladi. Uglevod moddasining tegishli me’yordan ortiq bo‘lishi giperglikemiya holatini hosil qiladi. Bunday salbiy jarayonlarning oldini olish uchun oziq moddalar miqdori nazorat ostida bo‘lishi; 11) ratsion to‘yimliligi almashinadigan energiya saqlanishi bo‘yicha molning fiziologik talabiga javob bera oladigan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

Download 42.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling