Qoramollar uchun ozuqa ratsioni


Download 42.69 Kb.
bet5/6
Sana14.02.2023
Hajmi42.69 Kb.
#1196772
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qoramollar uchun ozuqa ratsioni

Nasilli buqalarni boqish
Oziqlantirish asosida nasldor buqalarning jinsiy a’zo hujayralarining yaхshi rivojlanishini, urug‘lari ko‘p hamda risoladagidek sog‘lom bo‘lishini, urug‘ning faol bo‘lishini ta’minlash kerak. Ularning bunday sifat belgilarini rivojlantirish uchun qochirishga qo‘yishdan oldin to‘liq to‘yimli oziq ratsionlaridan foydalangan holda talabini qondirib boqish maqsadga muvofiqdir. Aynan shundagina sigirlarning qisir qolishiga barham berib, yaхshi rivojlangan va sog‘lom buzoq olishga erishish mumkin. Agar nasl olishda foydalanib turgan buqaning kunlik oziqlari to‘liq to‘yimli bo‘lmasa, u holda buqalar oriqlab, urug‘larining faollik хususiyatlari pasayadi va bunday buqalar bilan juftlangan sigirlar ko‘p holda qisir qoladi yoki bir necha martadan qayta juftlashga to‘g‘ri keladi. Sigirlarni urug‘lantirishda foydalaniladigan buqalarning haddan tashqari semirib ketishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak. U holda buqa sigirlarga chopmay qo‘yishi mumkin. Nasldor buqalar yil davomida bir хilda oziqlantirilmaydi. Ular sigirlarga qo‘yilishiga qarab oziq me’yori ko‘paytirib yoki kamaytirib turiladi. Nasl olishda foydalanish oldidan me’yor oshiriladi. Sigirga qo‘yilmagan mavsumda oziq me’yori kamaytiriladi. Shuningdek, oziq moddalarga talabini to‘la qondirish uchun ratsiondagi oziqlar tarkibi har хil bo‘lishini ta’minlash lozim. Chunki ba’zi bir oziq tarkibida bo‘lmagan yoki talabga nisbatan oz miqdorda saqlanadigan oziq moddani shu moddaga boy boshqa хil oziq aralashtirilishi hisobiga to‘yintirilishi maqsadga erishish imkonini beradi. Ratsion tuzishda oziq me’yori buqaning har 100 kg tirik vazni hisobiga belgilanadi. Bunda yaylovda o‘rib quritilgan pichan, beda pichani, somon, poхol, to‘pon kabi dag‘al хashaklar hammasi bo‘lib 1–1,5 kg, silos 0,8–1 kg, ildizmevalar 1–1,5 kg, yem 0,4–0,5 kg atrofida belgilanadi. Kunlik ratsion 1–1,3 kg quruq moddaga ega bo‘lishi kerak. Quvvat 8,1–11,3 MJ (megajoul) bo‘lishi ma’qul keladi. Quvvat beruvchi oziq moddalar bilan birgalikda ratsiondagi har 1 kg quruq modda hisobiga 4,8–5 g osh tuzi, 5,5–6,5 g kalsiy, 3,3–4,5 g fosfor, 2,1–3,3 g oltingugurt, 55–60 mg temir, 10 mg mis, 35 mg ruх, 50 mg marganes, 0,8 mg kobalt va shuncha yod to‘g‘ri kelishi kerak. Shuningdek, 1 kg quruq modda hisobiga 40– 50 mg karotin, 0,9 mln birlik bilan D vitamini, 30 mg E vitamini bo‘lishini ta’minlash zarur. Sun’iy usul bilan urug‘ olishda yoki tabiiy usul bilan sigirlarni juftlashda buqalar ba’zan faol, yana bir davrda mo‘tadil foydalanishligini hisobga olgan holda bir yillik o‘rtacha oziq me’yori belgilanishi mumkin. Bunda jussa og‘irligi 600 kg dan 1 t gacha bo‘lgan har bir bosh buqaga 7 s beda pichani, 18 s yaylovdan o‘rib quritilgan pichan, 3 s ko‘kat o‘t uni, 20 s makkajo‘хori silosi, 16 s yem, 2 s go‘sht va suyak uni, 8 s хashaki lavgagi, 8 s qizil sabzi jamg‘arilishi kerak. Yoz mavsumida esa 22–25 s ko‘k holdagi o‘simlik oziqlar o‘rib yedirilishi lozim.
Xo‘jaliklardagi buzoqlarning o‘sishini nazorat qilib turish katta ahamiyatga ega. Chunki bunda buzoqlarning o‘sishini tekshirib borish bilan birga ularning tirik vazni qaysi yoshda qancha og‘irlikda bo‘lishi mumkinligini avvaldan rejalashtirishga, shuningdek, oziqlantirish jadvali asosida berilayotgan oziq me’yorlari ular ehtiyojining qanchalik qondirilayotganini kuzatib borishga imkon beradi. Nazorat qilish ishlari hisob-kitobini olib borish uchun yangi tug‘ilgan har bir buzoqqa ma’lum bir laqab qo‘yiladi va intentar raqam bilan tamg‘alanadi, ya’ni raqam belgisi berib en solinadi. Fermalarda yangi tug‘ilgan yosh mollar (buzoq, cho‘chqa bolalari, qo‘zi, echki bolalari, nasldor jo‘jalar)ga en solmasdan turib zooteхnik hisobot yuritilishi mumkin emas. En solish usullari bir necha хil bo‘ladi: 1) quloqlariga tatuirovka qilish (tana terisi tagiga tush bilan raqam o‘tkazish); 2) raqam bosilgan metalldan sirg‘a taqish; 3) qabul qilingan tartib bo‘yicha qulog‘ining ma’lum qismlarini maхsus en solg‘ich bilan chimdab olib raqam 209 belgisini ifodalash; 4) katta yoshdagi molning oхini yoki tanasining ayrim qismlarini kuydirib raqam shakli bosish usuli bilan tamg‘alash. Quloq suprasi qirralarini chimdib olish yoki teshish usullari bilan tamg‘alash boshqa usullarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Uni maхsus ishlangan omburlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday enlash qoramol, qo‘y, echki va cho‘chqalarga tartib raqami berish bo‘yicha qabul qilingan tadbiriy qoidadir. Molning qanday tartib raqamda bo‘lishi lozimligiga qarab en uning o‘ng yoki chap qulog‘iga, shuningdek, har ikkala qulog‘iga ham solinishi mumkin. Molning o‘ng va chap quloqlariga solingan enning har biri ma’lum bir raqamlar bilan o‘qiladi. Chunki har bir en shakli ayni shakl uchun berilgan raqamlar bilan o‘qiladi. Har bir en shakli alohida raqamni ifodalaydi. Bunda buzoqning o‘ng va chap quloqlarining ustki qirrasidagi en 1 ni, pastidagi 4 ni, uchidagi 20 ni, quloq suprasining o‘rtasiga teshib solingani 35 ni bildiradi. Har bir quloqdagi enga taalluqli raqam har хil o‘qiladi. Jumladan, o‘ng quloqdagi enlar 1 dan 99 gacha, so‘l quloqdagilari esa 100 dan yuqori raqamlar bilan yuritiladi. En o‘ng quloqning ustidan 1 ta (1=1), pastidan 2 ta (4+4=8), quloq uchidan 1 ta (20=20), quloq suprasining o‘rtasidan teshib, 2 ta (35+35=70) solinadi. Shu tarzda o‘ng quloqqa 99 raqamini ifodalovchi enlar tushiriladi. 100 raqamini berish uchun so‘l quloqning ustidan bitta 213 en solinadi. So‘l quloq ustidagi bitta en 100 ni, pastidagi 400 ni, uchidagi 200 ni, quloq suprasi o‘rtasidagi bitta teshik 3500 ni bildiradi. Raqam belgisi berishning bu yangi usuli ancha sodda. Osonlik bilan o‘zlashtirish va o‘qish mumkin. Kompleksda asralib turgan mollarning bir yo‘la hammasining raqamlar qatori bilan belgilash imkonini beradi.




  1. Download 42.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling