Qoraqalpogiston Respublikasi


Download 22.48 Kb.
bet4/6
Sana15.02.2023
Hajmi22.48 Kb.
#1201577
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qoraqalpogiston Respublikasi

Transporti


  • Qoraqalpogʻiston keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. Transport yoʻli, havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994-yilda avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 km boʻlgan. 1999-yilda Amudaryoga Nukus va Xoʻjayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi. Qoraoʻzak – Miskin, Miskin –Gazoʻchoq. Miskin–Buzoqboshi temir yoʻl qurib ishga tushirildi. 2005-yilda temir yoʻl uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yoʻlga qoʻyilgan (1991). Nukus aeroporti 1940-yilda qurilib. 2003-yilda rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat koʻrsatadi. 1998-yilda Qoraqalpogʻistonda "Oʻzdunrobita" Oʻzbekiston – Amerika qoʻshma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan

Sporti


  • Qoraqalpogʻiston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, ogʻir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshqa boʻyicha mamlakat muso-baqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Qoraqalpogʻistonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar Oʻzbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar yoki sov-rinli oʻrinlarni egallaganlar. Qoraqalpogʻiston sportchilari "Umid nihollari", "Barkamol avlod", studentlar universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay boʻyicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha Alisher Avezboyev, futbol boʻyicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish boʻyicha Baxtiyor Davletyarovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportchilar tayyorlanadi

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari


  • 2004/05 oʻquv yilda Qoraqalpogʻistonda 763 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib, ularda 338 mingdan ziyod oʻquvchiga 36,1 ming oʻqituvchi taʼlim beradi. "Pro-T4-Sh gress" taʼlim va taraqqiyot markazi Oʻzbekistondagi 21-asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. Oʻqitishning noanʼanaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, oʻquv dasturlari, audio va videotexnikalarni qoʻllash oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganishga yordam beradi. Uning filiallari Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli tumanlarida ochilgan. Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yoʻnaltirish va ularni maktabdagi oʻqishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida "Diagnostika markazlari" tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 60,6 ming oʻquvchi oʻqiydi. Qoraqalpogʻistonda Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba taʼlim olmoqda.

  • 35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolboʻyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibd

Download 22.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling