Qoraqalpog’iston Respublikasi viloyati/Respublikasi Ellikqa’a tumani tumani (shahar)


Jamoa a’zolari ta’lim muassasasida quyidagilarga amal qilishlari lozim


Download 1.43 Mb.
bet14/24
Sana15.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1270674
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Sinf rahbari daftari 2020

Jamoa a’zolari ta’lim muassasasida quyidagilarga amal qilishlari lozim:

O‘quvchilar ta’lim muassasasiga maktab formasida, maktab rahbariyati va pedagog xodimlar es a maktab Ustavida belgilangan kiyimda kelishlari;
pedagog sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda o‘qituvchilar o‘zaro munosabatlarda bir-biriga “Siz” deb murojaat etishlari;
rahbar, pedagog xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;
o‘qituvchilar va o‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o‘z vaqtida kelishlari;
ta’lim muassasasi hududi va yo‘laklarining o‘ng tomonidan yurishlari;
jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, bunda, o‘quvchilar o‘qituvchilarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (ushbu holatlarda qo ’l berib so ‘rashish istisno bo ’ib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo ’lib qo ’l uzatganidan keyingina ularga javoban qo ’l uzatishlari tavsiya etiladi);
pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida korporativ kiyinish uslubiga ko‘ra, erkin harakatlanish uchun qulay va kasbga mos holda kiyinishlari;
kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi;
xodimlarning turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi;
umume’tirof etilgan milliy-an’anaviy shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang ‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shunindek, ta’lim muassasasi hududida o'tkaziladigan turli sport va ko ‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi;
erkaklar mavsumga qarab - klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to ‘q ko ‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo ’lishi tavsiya etiladi) kiyishi;
ayollar mavsumga qarab - klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to ‘q ko 'k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani shaffof ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, poyabzal (qora rangda bodishi tavsiya etiladi) kiyishi lozim.
(Maktab ustavi bilan tadim muassasasi rahbariyati vapedagog xodimlari formasining rangi va qo ‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o ‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling