Yangi mavzu bayoni:Tokning magnit maydoni
Ersted tajribasi:Magnit maydonni elektr toki bilan bogliqligini birinchi bo`lib 1820-yilda daniyalik fizik Xans Kristian Ersted aniqladi.
Ersted tajribasini o`zimiz ham o`tkazib ko`rishimiz mumkin .Buning uchun usbu zanjirni yig`aylik .
O`tkazgich simlaridan biri janubdan shimolga tomon tarang tortilgan bo`lsin.Magnit strelkani rasmda ko`rsatilganshu simning ostiga qo`yaylik .Bunda strelka simning yo`nalishida turgan bo`lsin.
Kalitni ulab o`tkazgichdan tok o`tkazaylik shunda strelka 90°burulib qoladi.
Ersted tajribasi tok atrofida magnit maydon borligin ko`rsatdi.
To`gri tokning magnit maydoni
Plastmassadan yasalgan plastinaning o`rtasidan teshib ,ingichka metall sterjenni o`tkazamiz .Plastmassa ustiga temir kukunlarini sochib, sterjendan tok o`tkazaylik.
Tokning magnit maydoni ta`sirida temir kukunlari sterjen atrofida aylana bo`ylab joylashib qoladi. Bu kuch chiziqlar magnit kuch chiziqlarini tavsiflaydi.
To`gri tokning magnit maydon kuch chiziqlari o`tkazgich atrofida konsentrik halqa hosil qilib doimo berk bo`labi.
Tajribada o`zkartirish kiritib temir kukun o`rniga magnit strelka joylashtiramiz.
Tokni yo`nalishini o`zgartiramiz
Tok yo`nalishi o`zgarishi bilan magnit strelka yo`nalishi o`zgaradi.
Demak ,to`gri tokning magnit maydoni yo`nalishi tokning yo`nalishiga bog`liq.
To`gri tokning magnit maydon kuch chiziqlarini yo`nalishini o`ng vint yoki parma qoidasi bilan aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |