Qoraqalpog`iston ulkasida qadimgi joylashish tosh davriga to`g`ri keladi. Qadimgi Xorazm davlati Amudaryoning quyar joyida bizning eramizgacha VII-VI asrlarda joylashgan
Aranlar-qadimgi kasplik qurilishlar
Download 20.94 Kb.
|
Mizdakxan
Aranlar-qadimgi kasplik qurilishlar
Qoraqalpog`iston o`zining ajoyib yodgorliklari bilan dunyoni lol qoldirgan. Chet elliklarni lol qoldirgan yodgorliklar Usturtda joyashgan. Usturt bu Markaziy Osiyoning Orol buyi bilan Kaspiy oralig`ida joylashgan yer sharidagi suvsiz qatal qulliklardan biri. U joylarda dexqonchilik bilan shug`ullanish mumkin emas. Shunday ekologik tabiyatga ega bo`lishiga qaramasdan Usturtda qadimgi tosh davrlaridan boshlab yigirmanchi asrning boshlarigacha o`z ichiga oladigan yodgorliklarni uchratish mumkin. Ularning qatoriga tosh va qola davrlariga to`xtab o`tish joylari va ustaxonalar, temir davridagi qavmlarning qoyimchiliklari, hattoki chink buiga solingan qorg`onlar- qa`lalar, o`rta asrlardagi savdo yo`li buylab tiklangan karvon saroylar bilan minoralar yotadi. Mana Ustirtdagi shunday yodgorliklarning biri bu aranlar. Ular haqida eng birinchi malumotlar elliginchi yillarning boshlarida belgili bo`ldi. 1952-yili Usturtda tadqiqot ishlarini olib borgan professor S.P.Tolstov samoletda uchib yurib Erburin qa`la yonida tushiniksiz katta qurilishga ko`zi tushadi. Dastlab unda bu o`rta asrlarda yog`in-qor suvini yig`nashga qo`llanilgan degan tasurot o`yg`otadi. Shuning uchun bu yodgorlik yigirma yil davomida olimlar nazaridan chetda qolib ketgan. 1972- yili qaraqalpoq arxeologlari Usturtda arxeologik tadqiqot ishlarini olib borishi bilan aranlar tadqiqot obektiga aylanadi. Natiyjada aranlar faqat Erburin qa`lasi yonida emas, balki Orol buyidan boshlab Kaspiy dengizigacha yuz kilometrlab joylashganligi ma`lum bo`ladi va Devona, Aybuyir, Shalburin. Daryolik, Karomat ota, Yarim quduq, Ibrayimsha, Berniyaz ota singari bir qancha to`parlari ochildi. Yuqorida aytib o`tkanimizday, Orol dengizi buylaridan boshlab Kaspiy dengizi yoqolarigacha oraligigacha cho`zilgan Uatirt tekisligidagi aran qurilishlari asosan uning yonida joylashgan. Aranlarning umuiy uzunligi o`rtacha 600 metrdan 900 metrgacha bo`lib, eni 400-600 metrni quraydi. Ularning umumiy maydoni un sakkiz gektar, xatto undan xam ko`p bo`lishi mumkin. Devorlari qayta ishlanmagan Usturtning toshlaridan o`rilgan aranlar xalta simon oxiri chinkning atrofidan boshlanib, sariq joining sadag`i shaklida uchigagacha u taroyib boradi. Uchburchak shaklida ishlangan aranning boshining uzunligi 110-120 metr bo`lib, eni 90-100 metrdan iborat. Uning ichki burchaklarining eni 6-7 metrdan iborat. Bunday aranlarning bir yoki ikki kishi tarafidan qurilishi mumkin emas. Sababi ularni tiklashda katta kuch, qurilish materiallari talab etiladi. Demak bunday qurilishlarni solishda va ularni ulardan amaliy foydalanishda ma`lum bir qavm a`zolari, qishloq odamlari, hattoki ular davlat hukmdorlari tarafidan qurilgan. Albatda ovlarni aranlarda qamab ovlash yil davomida bo`lmagan, balki ma`lum mavsumlarda tashkillashtirilgan. Shunday yilning mavsumlarida tashkillashtirilgan Usturtdagi qurilishlar yordamida ov qilishga XVIII-XIX asrlardagi Xiva xonlari qatnashganligi ma`lum. Shu joyda “aran” so`zining etimologiyasi haqida to`xtaladigan bo`lsak. “Aran” so`zi eski forsi va turk tillarida malum atama bulib, uning etimologik variantlarini ko`rishga bo`ladi. Forsi, arab va turk odam nomlari so`zligini tuzuvchi olim A.Gafurovning aniqlashicha, “aran” so`zi forsi tilida chig`anoq ma`nosini anglatadi. Maxmud Qashg`ariyning so`zligida “aran” turk tilida “mol xona ” (ot xona) degan ma`noni bildirgan. Olim V.V. Radlov “aran” so`zining etimologiyasini “yovvoyi xayvonlarning yo`liga qo`yiladigan uchqur yog`och” deb aniqlagan. Shunday qilib “aran” erta davrlarda paydo bo`lgan turk so`zi bo`lib, ichidagi chuqurlarda uchqur qoziqlar qoyilgan, bosh bo`lagi sariq joydagi sadag`i shaklida, yovvoyi ovlarni qamab olish uchun qurilgan qora- qurilish bo`lib xisoblanadi. Download 20.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling