Qoraqalpog`iston ulkasida qadimgi joylashish tosh davriga to`g`ri keladi. Qadimgi Xorazm davlati Amudaryoning quyar joyida bizning eramizgacha VII-VI asrlarda joylashgan
Download 20.94 Kb.
|
Mizdakxan
Shilpiq.
Qoraqalpog`iston Respulikasining markaziy bulagida Sultan Uayis, halq orasida Qaratog` deb atangan tog` tizimlari joylashgan. Tabiyati chiroyli shu tog`ning shimoliy-g`arbida Amudaryoning buida Shilpiq, Qora tepa, va Besh tepa singari tepaliklar joylashgan. Qora tog` singari bu tepaliklarning har birining o`ziga hos sir sinoatlari va tarixi bor. Ularning orasida Shilpiq tepaligi alohida o`rin egallaydi. Ulkamizning Amudaryo tumanida joylashgan bu yodgorlikning ilmga noma`lum tamonlari kuproq. Bu yodgorlik faqat ulkamiz xalqini emas, balki elimizga kelgan chet elliklarning diqqat etuborini tortgan eng ajoyib tarixiy meroslarimizdan biri. XIX asrda ulkamizda bulgan olimlar, rassomlar va askarlar o`zlarining daftarlarida estalikni “Чильпик” ( A. Kun, A.E.Rassikova, F.Vamberi, N.N. Karamzin), “Чильпак” (A.V.Kaulbars) va “Шелпак” (M.N.Bogdanov) atamalari bilan yozib qoldirgan. Markaziy Osiyo Xo`dja Reshad Efendi nomi bilan 1863- yili sayohat qilgan Veygriyalik olim Armen (German) Vamberi Amudaryo orqali Xivadan Qung`irotga ketayotganida Shilpiqda bulgan va u haqida quyidagilarni yozgan. Bu bir zamonlari mahkam qurg`on bulgan, unda otasining quliga banda bulib tushgan yigit oshiq bulgan padsho qizi, o`zining sevgilisi bilan ota0onasidan qochib kelib turgan. Uzlarini suv bilan ta`minlash uchun er osti yuli xozirgacha saqlangan. Shilpiqning pastki eni 130-150 m , balandligi 30-33 m tabiy tepalik boshiga qurilgan doira shaklidagi qurilish. U soz loydan tiklangan qalin devorlar bilan qursholgan. Shu qadimiy devorlarning bizning kungacha 15 m balandlikda buzilmasdan saqlanib kelidhining siri, bizningcha qurilishga ishlatilgan loylarning yaxshiligi bilan bahorda va kuzda bo`ladigan sel yomg`irlaridan ularni saqlash maqsadida suvoqarlarning o`rnatilishida bo`lsa kerak. Soz loydan ishlanib qumbizda pishirilgan bu suvoqarlarni hozirgacha foydalansa buladi. Shuningdek har qanday zang bilan yer silkinishlarga qarshi daryo asosidan olinib, devor pastki qismiga tushalgan qumning ham o`rni alohida bo`lishi extimol. Shilpiqning Amudaryoga qaragan g`arb tamonida joylashgan darvozasiga ishlangan zina orqali chiqqan. Umumiy uzunligi 20 m bulgan. Uni arxeologik tadqiqotlar vaqtida ulkan hom g`ishtlardan ishlangan 75 zinaning ham ikki buyida devorlarning qoldiqlari aniqlandi. Shilpiq asosan Janubiy Orol buyidagi belgili sig`inish joylarining biri bo`lgan. Shuning bilan birga XX asrning boshlarigacha Shilpiq yonida Navruz va Qurbon Xayt bayramlariga bag`ishlangan umumxalq sayllari o`tkazilib kelingan. Qadimgi davrlarda bunday umumxalq sayllarga yiliga bir marotaba elning hukumdorlari chiqib, puxoralar bilan uchrashadigan bulgan. Shilpiq yonidagi Qora tepalikdagi Muxammad Tekesh (XII asr) va Anusha xanlarning (XVII asr) qoldirgan qo`ltangbalari shunday sayl vaqtiga to`g`ri kelishi ehtimol. XIX asrning o`rtalarida bir olmani bo`lishib yegan qoraqalpoqlarning oltmish biyi shu joyda ont berishgan. Qisqasi xalqimizning tarixida Shilpiq alohida o`rin egallagan yodgorlik. Download 20.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling