Qoraqalpoq davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Amaliy psixologiya yönalishi 1- "D " guruh talabasi To'raboyeva Irodaning Ijtimoiy psixologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti. Mavzu: Shахs ekzistеntsiаl psiхоlоgiyasi rejasi


Insonga muvofiq holda uning mavjudligi uning mohiyatidan oldin keladi. Inson o'zini o'zi inson qiladi. U o'zining mohiyatini butun hayoti davomida kashf qila boradi


Download 490.14 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi490.14 Kb.
#1562624
1   2   3   4
Bog'liq
13.u13

. Insonga muvofiq holda uning mavjudligi uning mohiyatidan oldin keladi. Inson o'zini o'zi inson qiladi. U o'zining mohiyatini butun hayoti davomida kashf qila boradi.
2. Inson borlig'i - bu erkin yashash tarzidir. Erkinlik bu "ruh erkinligi" emas, "tanlov erkinligi"dir. Ko'pincha insonlar o'zlarining erkinligini anglashdan qochib, chinakamiga "hayotda boshqariladigan" tarzda yashashni ma'qul ko'radilar
3. Insonning mavjudligi o'ziga mas'uliyatni qamrab oladi: nafaqat o'zi uchun, balki atrofdagilar uchun, erkinlikka interpritatsiya qilingan dunyo yaxlitdir: qanday harakat qilishga qaror qabul qila turib inson ham hayotga, ham o'ziga u yoki bu xususiyatli inson bo'lishni tanlaydi.
Ekzistensial psixolog va psixoterapevt Rollo Mey bo'yicha ekzistensializm bu shunchaki falsafiy yo'nalish emas, aniqrog'i zamonaviy insonni chuqur emotsional va ruhiy o'lchashga qaratilgan madaniy yo'nalishdir. Unga ko'ra: inson o'zining mavjudligi uchun o'zi javobgar. Inson asl o'zi bo'lishni hohlasa, o'zini anglashi va o'zi uchun o'zi mas'ul bo'lishi kerak
Ekzistensial tahlilchilar dunyoni 3 ta modusga ajratadilar:
Unwelt - atrofdagi, tashqi dunyo - moddiy- "biologik" va "jismoniy" dunyo, insonni tashqi muhit, ob'ektlar dunyosi o'rab olgan.
Mitwelt - dunyo bilan - bir turdagi olam, insonga yaqin turuvchi odamlar dunyosi, ba'zan almashinib turadigan insonlar o'rtasidagi yaqin shaxslararo munosabatlar dunyosi.
Eigenwelt- o'z dunyosi - o'zlik dunyosi, o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini mohiyatini qadrlash dunyosi, "o'zim uchun" dunyo.
Dunyoni bunday tushunish ko'pincha bir dunyoni tanlash, boshqasini yo'qolishi evaziga sodir bo'lishi ekzistensional psixologiyaning asosiy g'oyalaridan biridir.
Shvetsariyalik psixiatrlar Lyudvig Binsvanger va Medard Bosslar o'z konsepsiyasini nemis faylasufi Martin Xaydeggerning ekzistensial nazariyasi asosida ishlab chiqishgan
L.Binsvanger: "ekzistensial tahlil aniqlangan borliqdagi fundamental sharoitlar haqida ontologik tezisni taklif qilmaydi, u ekzistensiyaning konfiguratsiyasi va shakliga xos reallikda mavjud bo'lgan aniq ma'lumotlarni beradi".
Shveysariyalik Merard Boss ishlari: "Seksual perverziyalarning ahamiyati va tarkibi" (1949), "Psixosomatik tibbiyotga kirish" (1954), "Tushlarning tahlili" (1953), "Psixoanaliz va Daisen analiz" (1957). Bu ishlar yangi ekzistensial terapiyaning asosini rivojlantirishga xizmat qilishga qaratilgan, dazayn-analiz (dasein analys) Binsvanger analiziga yaqin bo'lsada, ko'p jihatdan Z.Freyd konsepsiyasiga o'xshab ketadi.
Binsvanger va Boss fikricha, inson hayotida hech qanday sabab - oqibatga asoslangan munosabatlar yo'q. Asosan, xulq-atvorning ketma-ketligi mavjud bo'lib, bu ketma-ketlik orqali sababiylikni keltirib chiqarib bo'lmaydi. Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya kauzallikni rad etgan holda, positivizm, determinizm va materializmni ham inkor qiladi.
Etiboringiz uchun rahmat
Download 490.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling