Qoraqalpoq xalqi etnogenezi va etnik tarixi Tayyorladi: Tulyaganova Gulnoza


Download 1.55 Mb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1339371
  1   2
Bog'liq
Qoraqalpoq xalq-WPS Office

Qoraqalpoq xalqi etnogenezi va etnik tarixi

Tayyorladi: Tulyaganova Gulnoza


2
3
1
Qoraqalpoq xalqi
Vujudga kelishi
Madaniyati
Reja:
Qoraqalpoqlar Markaziy Osiyodagi xalq boʻlib, O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog'iston Res- publikasida yashaydi (504 301 kishi, 2000-yil- lar o'rtalari). Shuning- dek, Farg'ona, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyat- larida, qo'shni Turkmaniston, Qozog'istonda, Rossiyada, Afg'onistonda, Eronda bir necha ming qoraqalpoqlar yashaydi.
Qoraqalpoq tili- turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va no'g'oy tillari bilan birgaliqda qipchoq tillarining qipchoq-no'g'oy guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat tili (o'zbek tili bilan birga).
Asosan, Qoraqalpog'istonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog'iston va Turkmanistonning unga qo'shni hududlarida, Rossiya va Afg'onistondatarqalgan. Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta: shimoli-shar- qiy va janubi-g'arbiy lahjalarga boʻlinadi; bu lahjalar fonetik jihatdan o'zaro farqlanadi.
Olimlar fikriga ko'ra, qoraqalpoq so'zi qipchoq tiliga mansub bo'lib, o'g'uz-pecheneg qabilalarining boshlariga kiyib yurgan qalpog'ining shakli va ran- giga qarab berilgan nomdir. Qoraqalpoq xalqining shakllanishida ishtirok etgan barcha urug' va qabi- lalari ikki asosiy tarmoq aris (shoti)ga boʻlinadi: o'n to'rt urug' arisi va qo'ng'irot arisi.
Qoraqalpoqlar qadimda Sirdaryoning o'rta va quyi oqimida joylashgan yerlarda dehqonchilik, chor- vachilik va baliqchilik bilan shug'ullanib kelganlar. Ular azaldan chorvador xalq boʻlib, keyinchalik esa dehqonchilik bilan ham shug'ullana boshlagan. Deh- qonchilikda, asosan, g'allachilik rivojlangan. Daryolar va koʻllar atrofidagi yerlarga bug'doy, arpa va tariq, sholi, jo'xori, zig'ir, kunjut, beda, poliz ekinlari ekil- gan.
Qoraqalpoqlar, asosan, qoramol va yilqi boqishgan. Yozda yaylovlarda, qish kunlari esa qo'lda boqilgan. Qoramollarni podachi, yilqilarni yilqishi, ushoq mollarni esa qo'ychi yoki cho'ponlar boqqan. Qishda chorva, odatda, shox, butoq va qamishlardan tiklangan qo'ralarda yoki bostirmalarda, molxona, sayisxona, yilqilar esa yerto'lalarda saqlangan.
Qoraqalpog'istonning shimoliy tumanlarida muy- tin, qoʻldauli urug'lari yashayotgan yerlarda aholi, asosan, baliqchilik bilan shug'ullangan. Baliq ovlash uchun qamishlardan qaza deb ataladigan moslama tayyorlangan. Sol, qayiqlarda baliq ovlangan.
Qoraqalpoq ayollarining kiyimi ko'ylak, ishton (lozim), ish kiyim, kamzul, yengsiz chopondan iborat boʻlgan. Boshlariga do'ppi kiyishgan, ro'mol o'rash- gan, yana jegde yopib yurishgan.
Bayram ko'ylaklari Buxorodan olib kelingan ola shoyidan tikilgan. Ko'ylakning tugma tikiladigan ikki tomonida yoqasidan beligacha, yenglari, etagiga xilma-xil rangli ipdan chillak shaklida keng kashta tikilgan. Bunday ko'ylaklar xalqali ko'ylak deyilgan. Azador ayollar gulsiz ko'k ko'ylak kiyishgan. Qoraqal- poq ayollarining bosh kiyimlari boshqa xalqlarnikidan yaqqol ajralib turadi. Ayniqsa, kimishek va savkali deb ataladigan bosh kiyimlari juda qiziqarlidir.
Taomlari. Qoraqalpoqlarda nonning har xil turi yopilgan: bug'doy noni (shurek), jo'xori (zog'ora) non, qotirma non, gulshe (kumesh), ya'ni qo'r non (qo'rda pishirilgan). Qoraqalpoqlar nonni qo'rda, qozonda, tandirda pishirishgan. Tandir og'zini yuqoriga qaratib qurishgan. Suyuq ovqatlarning turli xilini tayyorlaydilar; jarma - tuyilgan arpa, bug'doy, jo'xori donidan pishiriladi: jo'xori go'ja, so'k oshi (so'kni, avvalo, suvda pishirib olib, so'ngra yog'da qovurishadi). Tansiq taomlaridan sirgurunch, shovla, palovdir.
Uy-joylari. Turarjoylar qoraqalpoqlar yashayotgan joy sharoitlariga va tabiiy, iqlim sharoitlariga qarab har xil qurilgan. Ularning har qanday sharoitga mos kelaveradigan, eng yaxshi ko'rgan uyi o'tovdir. Uni qoraqalpoqlar qora uy, deb yuritishadi. Bundan tashqari qoqra nomi bilan ma'lum bo'lgan loysuvoq uylari ham boʻlgan. Ayrim hollarda yerto'lalarda yashashgan, yirik boylarning katta hovlilari boʻlgan. Bunday hovlilar paxsa bilan qurilib, chor atrofi devor bilan o'rab chiqilgan.
Dastlab Qoraqalpoqlar bir necha qabilalar uyushmasidan tarkib topgan bo`lib,qadimdanoq yaxlit mit bo`lib shakillana bo shlagan. Ularning eng qadimiy ajdodlari,eramizdan avvalgi bitinch asrlarda Orolning janubiy sohillarida o`rnashgan massaget qabilalaridir. Ular orasidagi apasioq qabilasi qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakillanishida katta rol o`ynagan. Bu qabila dexqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug'ullangan. Professor T.Jdankoning fikricha, massagetkar xayotiga singib kétgan onalik davriga oid ananalar mashhur qoraqalpoq dostoni" Qirq Qiz"da yaqqol namoyon bo`lgan. Bu doston hozirgi qoraqalpoqlarni ularning aidodlari bilan bevosita bog`laydi.
Apasioqlar davrida Sirdaryo etaklarida Augasilarqabilasi yashagan. Bu ikki qabila o`rtasida mustahkam aloqa mavjud bo`lgan. Eramizdan avvalgi birinchi asr bilan eramizning to`rtinchi asrigacha bo`lgan oraliq davrda Orol qirg`oqlariga sharqdan gunlar kela boshlaga. Bulardan tashqari oltinchi va o'n ikkinchi asrlarda apasioqlar negizida Pecheng ittifoqi vujudga keldi.Sirdaryo etaklarida esa gun va turklarning aralashib ketishlari natijasida augasilar negizida o`g`oz ittifoqi vujudga keldi.
Bijanak (pecheng)larning vujudga kelishi goraqalpoqlarning xalq sifatida shakillanishining ikkinchi bosqichdir.
Bijanaklarning yerlari to'qqizinchi asrning oxiriga kelib Amudaryo etaklaridan boshlab g`arb tomonga Orol qirg`oqlaridan Ural va Volga daryolari sohilarigacha bo`lgan ulkan kengliklarni qamrab oldi. Xalq orasida yuruvchi afsonalarga qaraganda Qiyot (hozirgi Beruniy) shaxri uning poytaxti bo`lgan.
Aksaryat ko`pchilik o`g`izlar o`zlari bosib olgan hozirgi Turkmaniston, Eron va Turkiya yerlarida mustahkam o`rashib qolganlar. Birinchi navbatda ular turkman xalqining shakillanishiga asos soldilar. So`ng turk va ozar xalqlarining kelib chiqishiga ham ta`sir etdilar. O`g`izlarning bir qismi begona o`lkalarga ketishini istamay Amudaryo etaklarida yashab qoldilar. Orolbo yidagi sharqiy bijanaklár bu yerda qolgan o`g`izlar bilan ittifoq tuzib, ko`plab siyosiy voqealarda ishtirok etdilar.
"P.Tolstovning fikriga ko`ra birinchi bo`lib qipchoqlar sharqlik bijanaklarni bosh kiyimlariga qarab "qoraqalpoq" deb ataganlar.Binobarin, qoraqalpoqlar o`zlarining hozirgi nomlarini o`n birinchi asrdayoq tug`ulib o`sgan yurtlari -Orol va Amudaryo sohillarida olganlar. Sharq bijanaklari shu asosda tarixiy manbalarga "qorabo rklilar", "qoraqalpoqlar" nomi bilan kirganlar.
Sharqlik bijanaklarning aksaryat ko`pchiligi Orol sohillari va Amudaryo etaklarida yashab, Xorazm xalgi bilan birga o`n birinchi o`n to`rtinchi kechgan siyosiy voqealarda faol ishtirok etdilar.
Chingizxonning 1218-1221-yillaridagi Xorazmga yurishi Orol, Amudaryo va Sirdaryo sohillari aholisi boshiga ko`p ofatlar oib keldi. Xorazmning tub yerli aholisi bosqinchilarga kuchki qarshilik ko`rsatdilar, mo`g`illar esa mard va jasur himoyachilarni misli ko`rilmagan darajada mahv etdilar.
"Tarixchi Rashididdinning guvohlik berishicha, Urganch shahri aholisi qattiq qarshilik koʻrsatdi.
Bunday qarshilikni ko`rgan Chingizxon shaharni to`la qo`lga olgach, o`zinig 50-minglik lashkarlariga shunday buyruq beradi:Sizlarning har biringiz kamida 24 kishini o`ldirishingiz kerak. Shunday qilib mo`g`illar Xorazmning bir milliondan ziyod aholisini qirib tashladilar.
Chingizxon amri ilan Amudaryo sohilidagi to`g`onni buzib tashladilar, oqibatda Urganch suv ostida qoladi. Bundan tashqari bosqinchilar Xorazmdagi bir qancha ekinzorlarga suv keladigan ko`plap kanallarni buzdilar. Natijada o`zanini keskin o`zgartirib, Sariqqamish sayxonligiga oqa boshladi.Urganchdan orol dengizigacha bo`lgan masofadagi ekinzorlar suvsiz qoldi Orol dengizining sathi pasaydi, ammo sirdaryoning suvi quyilib turganligi sharofati bilan dengiz suvining sathi 43 belgisidan (hozir 37 da turibdi pastga tushmadi.
O`n to`rtinchi asrning oxirlari va o`n beshinchi asrning boshlaridagi Amir Temurhujumi natijasida Qizil O'rda yemirilib uning o`rnida bir nechta davlat vujudga keldi.1397-yilda Sharqiy yevropaning bepoyon cho`llarida Edigey boshchiligidagi No`g`ay (Mang`it) xonligi tashkel topdi.
O`n beshinchi asrning birinchi yarmida No`g`ay xonligining sharqiy tomonida Ábilxayr boshchiligidagi O'zbek xonligi vujudga keldi.O`n beshinchi asrning ikkinchi yarmigacha qoraqalpoqlar xam shu xonlikka qaraganlar. O`zbek va No`g`ay xonliklari aholisi asosan bir urug`dan bo`lganlar.Professor N.Baskakovning yozishicha, ularning hammasi turk tilining. janubiy-sharqiy shevasida yanu zamonaviy qoraqalpoq, qozoq va no`g`ay tillarida so`zlashganlar.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling