Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti
Koronavirusli infeksiyalarga tashxis qoʻyishda qoʻllaniladigan belgilari
Download 0.64 Mb.
|
COVID-19 (2)
Koronavirusli infeksiyalarga tashxis qoʻyishda qoʻllaniladigan belgilari:
- guruhli kasallanish, asosan bir oila vakillari ѐki bir guruhdagi bolalar orasida; - mavsumiylik, kasallanish asosan qish va bahor fasllarida uchrashi; -yashirin davri- 2-4 kun; -kasallikning oʻtkir boshlanishi; -bemorlarda asosan rinit, baʼzida laringotraxeit belgilari paydo boʻladi. -doimiy boʻlmagan isitma, umumiy zaharlanish belgilari; -kasallik kechishi oʻtkir, davomiyligi 1-3 kun. Koʻpincha koronovirus infeksiyasi oʻrtacha ogʻir holatda kechadi. Lekin xavfli guruhlarda ushbu kasallik ogʻir kechadi va asoratlar vujudga kelishi mumkin. Kasallikning ogʻir kechishi kuzatiladigan xavfli guruhlarga 8 quyidagilar kiradi: homilador aѐllar, ayniqsa homiladorlikning oxirgi oylarida , tugʻgan aѐllar, ortiqcha vaznli bemorlar hamda surunkali kasalliklari mavjud bemorlar (oʻpka kasalliklari, bronxial astma, surunkali bronxit, yurak-qon tomirlari kasalliklari, qandli diabet va boshqalar). Koronavirus infeksiyasi yangi turi kasalligining belgilari gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalariga oʻxshash boʻlib, kasallik odatda tana haroratining koʻtarilishi, holsizlik, yuqori nafas yoʻllari shilliq qavatining yalligʻlanishi, yoʻtal bilan boshlanadi. Ushbu kasallikda, oʻz-oʻziga tashxis qoʻyish va oʻz-oʻzini davolash xavfli, ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin. Koronavirus infeksiyasining tashxisi klinik tekshiruv natijasiga, epidemiologik anamnez maʼlumotlariga va laboratoriya tekshiruv natijalariga asoslanadi. Bemordan epidemiologik anamnez yigʻishda, kasallikning dastlabki belgilari paydo boʻlishidan oldin 14 kun davomida bemorning koronavirus infeksiyasi boʻyicha noxush epidemiologik vaziyat kuzatilgan hududlarga (davlatlarga) borib-kelganligiga, ѐki shunday hududlardan kelganligiga eʼtibor berish kerak. Shuningdek ushbu bemor, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan ѐki unga gumon qilingan bemorlar bilan oxirgi 14 kun davomida muloqot qilganligiga ahamiyat beriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling