Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti
Koronavirus infeksiyasining laboratoriya tashxisi
Download 0.64 Mb.
|
COVID-19 (2)
Koronavirus infeksiyasining laboratoriya tashxisi
Laboratoriya tekshiruvlarida avvalam bor umumiy qabul qilingan laboratoriya tahlili natijalariga yaʼni qonning umumiy tahlilida eritrotsitlar, trombotsitlar, leykotsitlar miqdoriga, leykotsitar formulaga eʼtibor berish kerak. Biokimѐviy tahlillarda qondagi mochevina, kreatinin, elektrolitlar, jigar fermentlari, billirubin, glyukoza, albumin miqdoriga eʼtibor qaratiladi, chunki bu maʼlumotlar bemor organizmidagi yalligʻlanish va zaharlanish holatlarni aniqlashga ѐrdam beradi. Tashxisning “pulsoksimetriya” usulidan foydalanib bemorda nafas olishning holati, havo yetishmaѐtganligi, gipoksiya jaraѐnlariga baho beriladi. Bemorlarning koʻkrak qafasi organlarini oldidan, orqasidan va ѐn tomonidan rentgen apparatida tekshirish ham laboratoriya tashxisida qoʻllaniladi, bunda zotiljam bor ѐki yoʻqligi aniqlanadi. Viruslar keltirib chiqaradigan zotiljamni aniqlashda eng sezgir laboratoriya usuli bu kompyuter tomografiya usulidir. Bunda oʻpkaning pastki va oʻrta qismlaridagi oʻzgarishlar, yalligʻlanish belgilari aniq koʻrinadi. Laboratoriya tahlillarda, limfopeniya — CD4+, CD8+ va NKhujayralar — 50% uchraydi. Kasallik avj olganda trombotsitopeniya kuzatiladi. Qon zardobida aminotransferaza, kreatinkinaza va laktatdegidrogenaza faolligining ortishi aniqlanadi. Tashxis teskari transkripsiya, PZR testi orqali kasallikning boshlanishida nafas yoʻllari va plazmada, keyinroq esa siydikda, najasda aniqlanadi va tez natija beradi. Antitelolar kasallik boshlanishidan 28 kun davomida IFA ѐki immunoflyuoressensiya usuli orqali aniqlanadi. Laboratoriya tashxisida polimeraz zanjirli reaksiya (PZR) qoʻllaniladi. Bu reaksiya koronavirus infeksiyasiga shubha qilingan, nafas yoʻllari kasalliklarining klinik belgilari boʻlgan bemorlarga, ayniqsa epidemiologik jihatdan noqulay hududlardan kelgan bemorlarga qoʻyiladi. Tadqiqot uchun quyidagi biologik materiallar olinadi: havoni burundan yutish paytida olish, bronxlarni yuvib suvini olish, fibrobronxoskopiya paytidagi traxeyadagi nazofaringeal aʼzolardagi suyuqliklar, balgʻam, oʻpkaning biopsiya materiallari, qon, zardob, siydik. Laboratoriya tadqiqotlari uchun olingan barcha namunalar potensial yuqumli boʻlishi mumkin, shuning uchun ular bilan ishlashda I va II guruh patogen (xavfliligi) mikroorganizmlar bilan ishlash talablariga rioya qilish kerak. Klinik namunalarni toʻplaydigan ѐki laboratoriyaga olib 10 boradigan tibbiy xodimlar biomaterial bilan xavfsiz ishlashga oʻrgatilishi, xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishi va shaxsiy himoya vositalaridan (SHHV) foydalanishi kerak. Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligi laboratoriyasiga ѐki virusologiya ilmiy tadqiqot instituti ilmiy tadqiqot laboratoriyasiga yuborilishi kerak. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling