Turkmanlar — xalq, Turkmanlar O'rta Osiyodagi millat, asosiy aholisi (2537 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekiston, Shimoliy Kavkaz, Astraxon viloyati va Rossiya Federatsiyasining bir nechta shaharlarida, Afgʻoniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 4,6 mln. kishi. Turkman tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. - Turkmanlarning etnogenezida mahalliy daxmassagetlar, shuningdek, sarmatlar, alanlar qabilalari, qisman qad. Margʻiyona, Parfiya va Xorazm davlatlari aholisi qatnashgan. 1ming yillik oʻrtalarida Kaspiy boʻyi choʻllarida turkiy qabilalar, 9-asrda oʻgʻuzlar paydo boʻlgan. Ular Turkmanlarning etnogenezida muhim rol oʻynagan.
- Oʻgʻuzlarning asosiy guruhi XI-asrda shimoli-sharqdan kelib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. XV-asrda turkman elati shakllangan. 20-asrgacha Turkmanlarda qabilaurugʻlarga ajralish saqlangan. Ulardan eng yiriklari: takalar, yovmutlar, ersari, solurlar, sariklar, gyoklan va choudorlar boʻlgan.
- Eramizdan oldinga 2000-yillarda hozirga Turkmaniston hududida Margʻiyona davlati tashkil topgan.
- VI—IV asrlarda bu hudud Ahamoniylar keyin esa, Iskandar Zulqarnayn qoʻli ostida boʻlgan.
- Eramizdan oldingi III-asrda Parfiya qirolligi tarkibida (poytaxti — Nisa), keyinchalik Sosoniylar imperiyasi tarkibida.
- V-VIII asrlarda eftaliylarga qaram boʻlgan, keyin Turk xoqonligi tarkibiga kirgan, keyin esa arablar tomonidan bosib olingan. 776—783-yillarda xalq Muqanna boshchiligida arablarga qarshi qoʻzgʻalon loʻtargan (Muqanna qoʻzgʻaloni).
- IX-Xasrlarda Toxiriylar va Somoniylar tarkibiga kirgan.
- XIda Turkmaniston hududini oʻgʻuzlar ishgʻol qilishadi va mahalliy eroniy xalqlar bilan aralshgan holda turkman etnosini vijudga keltirishadi. XI asrda birinchi turkman davlati tashkil topadi va bu davlatni nomi Saljuqiylar imperiyasi deb atalgan poytaxti Marv shahri boʻlgan.
- XII asr boshlarida moʻgʻullar tomonidan bosib olinadi va Ilxonlar davlati tarkibiga kiradi. Keyin esa Temuriylar davlati tarkibiga kiradi.
- XVI-XVII asrlarda Xiva va Buxoro xonliklari tarkibida boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |