Qoraqolpoq, tojik, Turkman xalqlari etnologiyasi


Download 0.69 Mb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#195152
1   2   3   4
Bog'liq
Qoraqolpoq, tojik, Turkman xalqlari etnologiyasi

Oʻzbeklar etnogenezi

  • Oʻzbeklar alohida etnik birlik (millat) boʻlib, Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlari — MovarounnahrdaXorazmda, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilikhunarmandchilik bilan shugʻullanib kelgan mahalliy sugʻdiylarbaxtariylarxorazmiylar, fargʻonaliklar, yarim chorvador qangʻlilar, eftaliylar, koʻchmanchi va sak-massaget kabi qadimgi sharqiy eroniy tillarida sʻozlashuvchi guruhlar va turli hil turkiy uru’glar tashkil etgan. Shuningdek, miloddan avvalgi II asrdan boshlab avvalgi Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan Turkiy va Mugʻul qabilalar ham oʻzbeklar etnik tarxida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum.
  • Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida soʻnggi jez davridayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir boʻlganligi va assimilyatsiya jarayoni natijasida antik davrga kelib, oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda oʻzbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. Maʼlumki, miloddan avvalgi 3-asr da Sirdaryoning oʻrta oqimida turkiy va sugʻdiylar ittifoqi asosida Qangʻ davlati tashkil topgan edi. 
  • Qangʻ davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib borishi natijasida turkiy tilli etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashlaricha aynan shu davrlarga kelib, Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi (qiyofasi) toʻliq shakllangan.
  • Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan. Tadqiqotchilar hunn tilini turkiy deb tasniflaydilar.
  • Oʻzbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda milodiy 4—5-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoydan va Sharqiy Turkistondan siljigan xioniylarkidariylar va eftaliylardir. Kidariylar tarkibida turkiy qatlam boʻlgan. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga faol taʼsir oʻtkazgan turkiy etnik komponentlar asosan Turk xoqonligi (6—8-asrlar) davrida Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (ToshkentZarafshonQashqadaryoSurxondaryo vohalari, Fargʻona vodiysi) va Xorazmga kelib joylashib, maʼlum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi oʻtroqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy xoʻjalik anʼanalari bilan jadal uygʻunlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy-sugʻdiy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri boʻlgan.
  • Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil 8-asrdan arab va ajam (arab boʻlmagan Yaqin va Oʻrta Sharq) xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta taʼsir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida maʼlum bir oʻzgarishlar boʻlgan boʻlsada, Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida qolib, arablar (VII—VIII-asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar.
  • Umuman olganda, IX-asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, oʻz navbatida, sugʻdiylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, IX—X-asrlarda tigʻiz etnogenetik jarayon natijasida koʻplab turkiy qabila va elatlarning oʻtroq hayotga oʻtishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolida, Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat koʻpchiligini oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslar tashkil qilgan.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling