Qoraxoniylar davlati


Download 25.11 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi25.11 Kb.
#197457
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu. Qoraxoniylar davrida musiqiy-madaniy hayot (XI-XIII asrlar) (1)

«DEVONU LUG‘OTIT-TURK» («Turkiy so‘zlar devoni») — Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72). Bu asarda 11 asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G‘arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug‘ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. “Devonu lug‘atit turk”. Markaziy Osiyo qadimiy qo‘shiqlaridan ayrim namunalar XI asrning buyuk tilshunos olimi Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida ham keltiriladi. Ularda arabiy so‘zlar yo‘q, musulmon diniy e’tiqodining alomatlari sezilmaydi. Ayni paytda matnlarning tili, uslubi bilan juda qadimiy bo‘lib, ular islom fathidan ancha ilgari yaratilganini ko‘rsatadi. Devonda musiqa terminlariga izoh berilib, ba’zan shu termin ishlatilgan she’r-qo‘shiqlardan parcha keltiriladi.

Alp Er To‘nga (Afrosiyob) o‘limiga bag‘ishlangan marsiyadan keltirilgan to‘rtliklar ham qadim qo‘shiq namunalaridan bo‘lib, ularning vazn, o‘lcham va har satr oxirida kelayotgan uzun unlilari kuyning ta’lifi, iyqosi, o‘lchami va usuli haqida tasavvurga ega bo‘lishga imkon beradiki, shu ta’lif, iyqo, o‘lcham va usulni Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla, Xorazmiy kabi musiqashunos olimlarning ta’rifida mukammalroq tarzda kuzatish mumkin.

“Devonu lug‘atit turk”da turkiy xalqlarda islomgacha ham iste’molda bo‘lgan ko‘p qadimiy musiqa sozlarining nomlari va o‘zga musiqiy terminlar keltirilgan. «D.l.t.»ning qo‘lyozmasi 1914 y. Turkiyaning Diyorbakr sh.dan topilgan. 319 sahifali bu qo‘lyozma hoz. Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa «D.t.l.» yozilganidan salkam 200 y. keyin, ya’ni Mahmud Koshg‘ariyning o‘z qo‘li b-n yozilgan nusxadan 1266 y.da kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy aldamashqiy tomonidan ko‘chirilgan. «D.l.t.» arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan.

Asarda 11 asrdagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, ko‘llar, turkiy qabilalar va urug‘lar haqida, urug‘larning ijtimoiy aqvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urug‘ va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va o‘simliklari, ularning nomlanishiga to‘xtalib o‘tadi, astronomik ma’lumotlar, burj va muchal haqida ham ma’lumotlar bor.




Download 25.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling