Navoiy davlat pedagogika instituti
Download 45.5 Kb.
|
ayrim manodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning lugatlardagi izohi xususida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim ma’nodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning lug‘atlardagi izohi xususida
- Filial va bo‘lim
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Sharopova Ra’noning Ayrim ma’nodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning lug‘atlardagi izohi xususida mavzusida yozgan Navoiy -2013 Ayrim ma’nodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning lug‘atlardagi izohi xususida Reja: 1. Izohli lug‘atlarda so‘z va terminlar izohi. 2. Filial va bo‘lim leksemalarining termin sifatida qo‘llanishi. 3. Seksiya va shu’ba leksemalarining termin sifatida qo‘llanishi. Xulosa
Izohli lug‘atlarda so‘z va terminlar izohida, jumladan, ijtimoiy-siyosiy terminlar izohida ham izohning qo‘shimcha tarkibiy qismi sifatida ma’nodosh so‘zdan ko‘p foydalaniladi. Bunda termin ma’nosiga berilgan izohdan so‘ng nuqtali vergul qo‘yib ma’nodosh termin keltiriladi. Shuningdek, so‘z (yoki termin)ni yaqqolroq tasavvur etish uchun yordam beradigan uning (so‘z yoki termin) ma’nosiga yaqin so‘z (termin) qo‘shimcha izoh sifatida beriladi. Masalan, filial hamda bo‘lim terminlariga qo‘shimcha izoh sifatida shu’ba leksemasi berilgan. Ularning o‘zaro ma’no munosabatini kuzatamiz. Filial so‘zi O‘TILda quyidagicha izohlangan: Filial - Yirik korxona, muassasa yoki jamoat tashkilotining mustaqil bo‘limi, shu’ba. (O‘TIL, 4, 346). Bo‘limning shu’baga yaqin ma’nosi esa (bo‘lim ko‘p ma’noli hisoblanadi) O‘TILda quyidagicha izohlanadi: Idora va turli ishxonalarning ma’lum ish bilan shug‘ullanadigan har bir qismi; muayyan idoraga qarashli quyi idora, sho‘’ba (?) (O‘TIL, 1, 409). Shu’ba 1 esk. Biror tashkilot yoki muassasaning alohida bir qismi, bo‘lim; idora. Misol. (O‘TIL, 5, 9-b ) Izohlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu terminlarning ma’nolari «biror korxona, tashkilot yoki muassasaning bir qismi, bo‘lagi, bo‘linmasi, idorasi» umumiy semasiga ko‘ra yaqin. Mana shu umumiy ma’no asosida ularning ma’nodosh deb tasavvur qilinishiga, lug‘atda ma’nodosh birliklar singari izoh tarkibida berilishiga sabab bo‘lgan. Lekin ular to‘la ma’noda sinonimlar emas, biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llab bo‘lmaydi (Zero, terminologiyaning talabi ham bir tushunchaning ikki yoki undan ortiq atamasi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir).
Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling