shu’ba bir necha so‘zlarga sinonimik izoh sifatida berilgan. Agar ikki jildli izohli lug‘atda bo‘lim 2, bo‘limcha so‘zlari izohida (sinonim sifatida) berilgan bo‘lsa, 5 jildli lug‘atda oraz II, mo‘g‘ulcha (bu musiqa terminlari eski lug‘atda berilmagan), seksiya, uzzol, filial so‘zlarida keltirilgan.
E’tiborli tomoni shundaki, shu’ba leksemasining izohli lug‘atda shuncha so‘zda izohlash maqsadida yoki sinonim sifatida keltirilib, shuningdek, imlo, terminologik, ensiklopedik lug‘atlarga ham kiritilsa-da, besh jildli O‘TILda ijtimoiy-siyosiy terminlik ma’nosi yana esk. (eskirgan) uslubiy belgisi bilan berilgani va 2 jildli lug‘atdagi misollarning berilgani (izohlar 2 jildli izohli lug‘at bilan bir xil) taajjublanarli.
O‘TILdagi shu’ba 1 ni tasdiqlovchi misollar uning eskirgan ma’nosiga berilgan bo‘lib, sho‘ro tuzumining dastlabki yillarida «bo‘lim, idora, jamoat tashkiloti» ma’nolarida qo‘llangan: 1919 yildan boshlab Toshkent musulmon Xotin-qizlar shu’basiga rais bo‘lib ishladim… O‘TIL, 5, 9-b.
Bu termin shu ma’nolarda 20-asr boshidan to o‘rtalarigacha shu ma’nolarda qo‘llanib kelgan: ..60 dan ortiq yoshlarning xorijga ta’lim olish uchun jo‘natishda, «Anjumani tarix» sho‘’basi (?) tomonidan «Buxoro arki tarixi» qo‘lyozmasining yozilishida… Fitratning xizmati beqiyos edi. (Odilqoriyev X., Razzoqov D. Siyosatshunoslik. T., 2009, 95-b.)
O‘TILda
Do'stlaringiz bilan baham: |