Filial va bo‘lim leksemalari termin sifatida bir ma’noda qo‘llana olmaydi. Qiyoslaymiz: Toshkent Davlat pedagogika institutining Navoiy filiali… Bu misolda filialni bo‘lim leksemasi bilan almashtira olmaganimizdek, «kasalxonaning terapeya bo‘limi», «institutning kadrlar bo‘limi» misollarida bo‘limni filial deb qo‘llab bo‘lmaydi.
«O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi»da filial quyidagicha izohlanadi:
Filial (lot. filialis – o‘g‘ilga oid; ing. branch, filial, subsidiary) – O‘zR FKning 47-m.siga muvofiq, yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidi (482-bet).
Demak, filial korxona, tashkilot v.h.ga taalluqli bo‘lsa-da, u turgan yerdan tashqarida joylashganligi, undan alohida, mustaqil faoliyat yurita olish kabi xususiyati bilan xarakterlanadi. Bo‘lim esa mana shunday korxona, tashkilot va muassasalarga qarashli, bevosita uning tarkibiga kirgan, ularni tashkil etgan tarkibiy qismni bildiruvchi atama.
Do'stlaringiz bilan baham: |