Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: Bolalarga faoliyat davomida predmetlarni to’g’ri va teskari sanashni, “Chana yasash”, Dumaloq shakldagi O‘rta qor uyumini yasash va rasm xosil qilish (shar, kub, silindrlar)ni o’rgatildi.
Syujetlirolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida: Bolalarga “Qorbobo” ertagini saxnalashtirish mavzulari asosida niqoblar, belgilar, otributlar kabi resurslardan foydalangan holda sotuvchi faoliyati bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati ko’nikmalarini orttirish, avtobuslarni farqlash, chiptachilar vazifalari to’g’risida bilish, nomlarni bilishga ahamiyat berildi va o’rgatildi.
Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga “Qishgi o’yinlar” mavzular asosida, she’rlar, topishmoqlar yodlatildi va o’rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Rasmlar, albomlar, maxsus idishlar, bo’yoqlar, batareykalar va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga magnit va uning xususiyatlari bilan tanishtirish, “Rangli muzchalar”, suv bilan tajribalarni davom ettirish,suvni yaxlagan xolatda kengayishini o’rganish,idishlarda suv solib uni kechasi xovlida qoldirish mavzulari asosida tajribali faoliyatlar va mashg’ulotlar o’rgatildi.
San’at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga “Qor yog’moqda” bayroqlari yordamida rasm chizdirildi, jamoa bilan ishlash bo’yicha «Qish» ixtiyoriy mavzusida rasmlar ko’rik tanlovi, «Tipratikan» loydan, applikatsiya «Sovg’a tayyorlash» mavzulari bo’yicha yopishtirish, ixtiyoriy tabiiy materiallar bilan ishlash, qog’oz, rangli qog’oz, tabiiy materiallar resurlardan foydalangan holda faoliyatlar olib borildi.
2-hafta mavzusi: «Vatan himoyachilari»
Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: Tarbiyalanuvchilarga«Tanka va mashina» yasash, xarbiy xizmat texnik vositalari uchun turargox qurish, raqamlar ketma-ketligida kartochkalarni yig’ish,(geometrik shakllardan)mavzulari asosida qurilish bloklari, lego, konstruktor, tangram kabi resurslardan foydalanib bolalarga qurilish materiallari o’rgatildi va qurilish rejalashtirib yasaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |