Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga S.Gopporovaning “Yig’loqi” hikoyasi va “Qarg’a o’ziga do’st qidirmoqda” mavzulari asosida, o’qib tushuntirilib o’rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Rasmlar, albomlar, maxsus idishlar, bo’yoqlar, va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga Qurilmani platformaga joylashtirib chidamlilikga sinovdan o’tkazish (xar xil kuchda), MTT bog’ida tajriba piyoz va sarimsoq mavzulari asosida tajribali faoliyatlar va mashg’ulotlar o’rgatildi.
San’at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga “Sochiqchani bezaymiz” rasmi chizdirildi, jamoa bilan ishlash bo’yicha Loy ishi “Qo’g’irchoq uchun piyola yasash”, Applikatsiya “Ayiqcha uchun gilamchani bezaymiz” (ko’zachani bo’yash) mavzulari bo’yicha yopishtirish, ixtiyoriy tabiiy materiallar bilan ishlash, qog’oz, rangli qog’oz, tabiiy materiallar resurlardan foydalangan holda faoliyatlar olib borildi.
2-hafta mavzusi: “Hayvonlar va qushlar bilan do‘stlashamiz”
Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: Tarbiyalanuvchilarga “Ajoyib xaltacha” geometerik shakillar yordamida yasash, “O’rmon qurish” mavzulari asosida qurilish bloklari, lego, konstruktor, tangram kabi resurslardan foydalanib bolalarga qurilish materiallari o’rgatildi va qurilish rejalashtirib yasaldi.
Syujetlirolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida: Niqoblar, kiyimlar, otributlar, sharbatlar va boshqa resurslardan foydalanib “Maktabgacha ta’lim muassasasi bo’ylab”, O’yin uchun qog’oz kesmalari, to’plar, avtomobil ruli, kesma
suratlar; quvnoq musiqa, «Bolalar uchun yo’l harakati
xavfsizligi», kitobchasi, yo’l chiroq kiyimi, jamoa uchun
ko’krak nishoni. Qo’lqop teatiri (bolalar tanloviga ko’ra) mavzusi asosida bolalar bilan syujetli o’yinlar o’ynaldi.
Til va nutq markazida: Hayvon va qushlar haqida ma’lumotlar berildi va ular bilan tanishtirib chiqildi. Hayvon va qushlarning turlari haqida tushuntirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |