H ISOBOTI
Mart oyi mavzusi: «Go’zal bahor»
1-hafta mavzusi: Xotin-qizlar kuni
2022-yil mart oyi davomida boshqa oylar qatorida bolalar bilan birgalikda mashg’ulot va faoliyatlari o’z vaqtida “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi va “Davlat talablari”, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining mavzuli rejasi asosida amalga oshirildi. Har bir hafta mavzusidan kelib chiqqan holda slayd, ko’rgazmalar, videoroliklar, tarqatmalar va boshqa resurslardan foydalangan holda tarbiyalanuvchilarga mavzuga oid bilim va tushunchalar berildi.
Guruhda tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar bo’yicha:
Qurish-yasash va matematika markazida: Bolalarga faoliyat davomida predmetlarni to’g’ri va teskari sanashni qurilish ashyolaridan Onam uchun guldasta, bayram dasturxoni mavzusidagi jamoaviy va yakka tartibda qurish-yasash va rasm hosil qilishni o’rgatildi.
Syujetli rolli o’yin va drammalashtirish markazida: Bolalarga Onam uchun kutilmagan sovg’a, “Biz onamning dastyorlari”mavzulari asosida niqoblar, belgilar, otributlar kabi resurslardan foydalangan holda sotuvchi faoliyati bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati ko’nikmalarini orttirish, avtobuslarni farqlash, chiptachilar vazifalari to’g’risida bilish, nomlarni bilishga ahamiyat berildi va o’rgatildi.
Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga Onamning surati, sehrli so’zlar “Muloyimlik” didaktik o’yinkabi mavzular asosida, she’rlar, topishmoqlar yodlatildi va o’rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Rasmlar, albomlar, maxsus idishlar, bo’yoqlar, va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga quyosh yorug’lik va issiqlik manbai, quyoshli quyonchalarmavzulari asosida tajribali faoliyatlar va mashg’ulotlar o’rgatildi.
San’at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga “Rasm’’ Onam uchun tabriknoma’, Loy ishi “Guldon”Applikatsiya ”Quvnoq quyoshcha”mavzulari bo’yicha yopishtirish, ixtiyoriy tabiiy materiallar bilan ishlash, qog’oz, rangli qog’oz, tabiiy materiallar resurlardan foydalangan holda faoliyatlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |