2-hafta mavzusi: “Mavsumiy o’zgarishlar”
Qurish-yasash va matematika markazida: Qurilish bloklari, lego konstruktor kubiklari va boshqa resurslardan foydalanib “Bolalar maydonchasi”, “Qushlar uchun donxo’rak”, “Matematik moychechak” mavzulari asosida bolalarga turli hajmli geometirik figuralardan (kub, tsilindr, g’isht, plastina, piramida) uy qura olishga, ular nomlarini va belgilarini bilishga, predmetlarni ma’lum bir xususiyatlarini jamlab konstruktsiyani tera olishga,fazoda joylashtirish qoidalarga rioya etishga, ko’rish hamda fikrlash orqali predmetlar joylashuvini taxlil qilishga, xisobni bilishga, predmetlarni katta-o‘rtaligiga qarab taqqoslay olishga, chapga-o’ngga tushunchalarini farqlashga o’rgatildi
Syujetli rolli o’yin va drammalashtirish markazida: Bolalarga “Ona qizaloq” “Bozorda” mavzulari asosida niqoblar, belgilar, otributlar kabi resurslardan foydalangan holda xalq ijodiyoti bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati ko’nikmalarini orttirish, yaxshi va yomonni farqlash, sotuvchilarning vazifalari to’g’risida bilish, mavsumiy o’zgarishlar haqida tushuncha berildi va o’rgatildi.
Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga “Mavsumiy o;zgarishlar” syujetli rasm asosida suhbat, mavzuga mos topishmoq va tez aytishlar, rasmlar va materiallar, predmetli rasmlar asosida mavzular yoritib berildi.
Fan va tabiat markazida: Rasmlar, albomlar, maxsus idishlar, bo’yoqlar, barglar, gupa, mikroskop va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga “Qushlar haqida” hikoyalar, “Tabiiy bo’yoqlar”, “Barglarni o’rganamiz” mavzulari asosida hikoyalar tuzishga va she’rlar yod olishga o’rgatildi.
San’at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga “Tabiiy materiallardan pechatlash usulida rasm chizish”, “Bahorgi gullar va barglar gerbariy yig’amiz” mavzulari asosida qog’oz, rangli qog’oz, tabiiy materiallar resurlardan fodalangan holda faoliyatlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |