chambar ichaklarni qoplaydi.
O‘ng yonbosh chuqurchada qorin parda ko‘r ichakni, chap yonbosh chuqurchada S-simon
ichakni qoplaydi va unga tutqich hosil qilib, kichik chanoq bo‘shlig‘i tomon yo‘naladi. So‘ng
uning devorlarini qoplab, qovuq hamda to‘g‘ri ichakning visseral qoplamini, ayollarda esa yana
bachadon va uning ortiqlari qoplamasini hosil qiladi. Ayollarda qorin parda to‘g‘ri ichakni
oldingi va yon tomonlardan qoplab, qinning yuqori qismi va bachadonga o‘tadi, bu yerda u
to‘g‘ri ichak bilan bachadon orasidagi chuqurchani – orqa Duglas bo‘shlig‘ini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |