o‘roqsimon boylam va tashqi tarafdan uchburchak boylam bilan chegaralangan.
Oshqozon oldi xaltasi – oshqozon bilan jigarning chap bo‘lagi orasida joylashgan. Aniq
chegaralari ko‘yidagicha: oldindan – jigar chap bo‘lagining pastki yuzasi, orqadan –
oshqozonning oldingi devori, yuqoridan – kichik charvi va jigar darvozasi.
Charvi xaltasi yoki kichik qorin bo‘shlig‘i (bursa omentalis) me’daning orqasida
joylashgan yoriqsimon bo‘shliq bo‘lib, uning 6 devori bor: oldingi – kichik charvi, oshqozonning
orqa devori va oshqozon-chambar boylami; orqa devori – qorin pardaning umurtqa pog‘onasida
yotuvchi, oshqozon osti bezi va yirik tomirlarni qoplovchi devor oldi (pariyetal) varag‘i;
yuqorigi devori – jigarning dumli va chap bo‘laklaridan tashkil topgan, pastki devorini
ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichi hosil qiladi; charvi xaltasining chap va o‘ng
chegaralari qorin pardaning bo‘rmalari hisobiga hosil bo‘ladi. Oshqozon-oshqozon osti bezi
boylami charvi xaltasi bo‘shlig‘ini 2 qavatga: yuqorigi – kichik charvi bo‘shlig‘i va pastki –
katta charvi bo‘shlig‘iga bo‘lib turadi. Kichik charvining o‘ng devori qorin pardaning 3 ta
boylamidan tashkil topgan bo‘lib, ular orasida charvi teshigi hosil bo‘ladi. Bu teshik orqali
charvi xaltasi «katta qorin bo‘shlig‘i» bilan tutashadi. Bu teshik orqali boylamlarni kesmasdan
(jigar-o‘n ikki barmoq, jigar-buyrak va o‘n ikki barmoq-buyrak boylamlari bilan chegaralangan)
faqat barmoq yoki ingichka asbob bilan charvi xaltasiga kirish mumkin. Kichik charvi bo‘shlig‘i
katta charvi bo‘shlig‘i bilan oshqozon-oshqozon osti teshigi orqali aloqa qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |