Qos ni ta’minlash usullari


  QOS NI TA’MINLASH USULLARI


Download 381.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana04.04.2023
Hajmi381.14 Kb.
#1323829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
titulsiz

 



QOS NI TA’MINLASH USULLARI 
 
Paketli kommutatsiya tarmog‘ida ovoz va video xabarlarini uzatishda katta 
texnik muamolardan biri ovoz va tasvirlarni buzilishsiz va shovqinsiz olishga yordam 
beruvchi kafolatli xizmat ko‘rsatish sifati (QoS)ni ta’minlash hisoblanadi. Aksariyat 
paketli kommutatsiya tarmoqlarida signalni kechikishiga sezgir bo‘lmagan ilova va 
vazifalarni bajarish qurilgan. Ovoz va video xabarlar ma’lumot uzatish tezlgiga 
nisbatan juda talabchandir. Paketni kechikishi 200 ms dan ortsa, bu degani paketni 
vaqti o‘tdi, kerak emas, ma’lumotlar eskirib bo‘lganlgini bldiradi. Ovoz va video 
xabarlarini uzatish uchun tarmoq qurilgan, ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Shu bilan 
birga ekspluatatsiya qilishda real vaqtda paketlarni o‘tish samaradorligini maksimal 
oshirish kerak. 
Shak shubhasiz o‘tkazish yo‘lagini katta yuklanishini videotrafik tashkil qiladi. 
Ma’lumki, bugungi kunda televideniya xabarlarini uzatish va so‘rov bo‘yiicha 
videoning bitta kanalini uzatish 4 Mbit/s da uzatishni talab qiladi. Vaziyat sezilarli 
pog‘onada o‘zgaradi, qachonki MPEG – 4 standartida o‘tish amalga oshirilganda. 
Lekin har qanday holatda videotrafik uchun sifatli tasvirni olish uchun qo‘shimcha 2 
Mbit/s ni zahiralash kerak bo‘ladi. 
Muammolar qachonki, global tarmoq (WAN) orqali uzatilayotgan signalni 
sifatini qo‘llab quvvatlashi kerak bo‘lganda ko‘payadi. Lokal tarmoq 10, 100 Mbit/s 
va 1 Gbit/s oddiy tezligi WANga kirishda yuqori narhda bo‘lganligi uchun 
ishlatilmaydi, chunki global tarmoqqa murojaat qilish tezligi 1,45 Mbit/s va undan past 
bo‘lgan tezlikni tashkil qiladi. Elektron pochta va boshqa turdagi ma’lumotlarni 
almashish bu qandaydir kechikishga ega, ammo bu muhim ahamiyatga ega emas. Ovoz 
va video xabarlarni uzatish uchun o‘tkazish yo‘lagining bir qismini zahiralash kerak, 
aks holda xizmatni olish fikri to‘laliligicha yo‘qotiladi. 
Multimedali xabarlarni uzatishda QoS asosiy talab hisoblanadi. Qanday qilib 
paketlarni tashlab yubormasdan yoki kechikishsiz har xil turdagi trafikning paketlarini 
kafolatli uzatish muhim vazifa hisoblanadi. 



QoS uchun asosiy tavsiflar quyidagilar: 
- paketlarni yetkazishning kechikishi. Bu ko‘rsatkich asosan video va ovoz 
xabarlarini uzatishda asosiy ahamiyatga ega; 
- djitter – paketlarni yetkazishda kechikishni o‘zgarishi. Djitterni bir nechta 
usullar bilan hisoblash mumkin. Djitterni hisoblash quyidagi tavsiyanomalarda 
aniqlangan: 
• IETF RFC 3550 RTP: A Transport Protocol for Real-Time Applications; 
• IETF RFC 3611 RTP: Control Protocol Extended Reports (RTCP XR); 




Download 381.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling