Qos ni ta’minlash usullari
Download 381.14 Kb. Pdf ko'rish
|
titulsiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- RSVP protokolining ishlashi
RSVP pratokoli. Bu protokol har bir oqimi uchun o‘zlarining QoS – talablari
to‘g‘risidagi signallar uzatishga yordam beradi. Kirishni boshqarish maqsadida bu talablarning sonli tavsiflarini aniqlash uchun ishchi ko‘rsatkichlar ishlatiladi. RSVP protokoli audio va videokonferensiya ilovalariga o‘hshash guruhli jo‘natishlarda qo‘llaniladi. RSVP protokoli multimedia trafigiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning yordamida bir tomonlama trafik uchun o‘tkazish yo‘lagini oson zahiralash mumkin. Masalan tarmoq fayl tizimining trafigi uchun (Network File System - NFS) va VPN trafigini boshqarishida ishlatiladi. 14 RSVP protokoli tarmoqdagi kira olishli marshrutlangan yo‘l bo‘ylab resurslarning zahiralash to‘g‘risidagi so‘rovlarini signalizatsiyalab beradi (1.1– rasm). Shu asnoda RSVP o‘zining shaxsiy marshrutini ishlab chiqmaydi, yani teskarisi bo’ladi. Bu protokol boshqa yanada quvvatli marshrutlash protokollaridan foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Har qanday boshqa IP – trafikda, ma’lumotlar va boshqaruv trafigi uchun yo‘lni aniqlashda RSVP tarmoqda qo‘llaniladigan marshrutlash protokoli bo‘lishi kerak. RSVP protokolining ishlashi. Ilovalarning ma’lumotlar oqimi nomidan tegishli QoS pog‘onasini tarmoqlardan so‘rash uchun oxirgi tizimlar RSVP protokolidan foydalanishadi. Oqimni uzatish uchun qo‘llanadigan RSVP - so‘rovlar har bir tugundan o‘tganda tarmoq bo‘ylab uzatiladi. RSVP protokoli har bir shu tugunlarda ma’lumotlar oqimi uchun resurslarni zahiralashga harakat qiladi. 1.1- rasm. IntServ ning asosiy komponentlari RSVP – moslashgan marshrutizatorlar kerakli tayinlangan nuqtaga kerakli ma’lumotlar oqimini yetkazib berishga yordam beradi. 1.1- rasmda RSVP protokolni 15 qo‘llaydigan asosiy modullar, ma’lumotlar oqimi to‘g‘risidagi axborot va klient hamda marshrutizatorni oqimlarini boshqarishi to‘g‘risidagi axborotni tasviri keltirilgan. Resurslarni zahiralashdan avval, marshrutizatorning RSVP – demoni qarorni qabul qiluvchi ikkita kanal modullar bilan ulanadi – kira olishni boshqarish moduli (policy cantrol) va siyosatni boshqarish moduli (policy cantrol). Kira olishini boshqarish moduli - QoS pog‘onaning so‘rovini ta’minlash uchun tugun ozod resurslarga ega ekanligini aniqlaydi. Siyosatni boshqarish tuguni - foydalanuvchida zahiralashni olib borishga xuquq bormi yoki yo‘q ekanligini aniqlaydi. Agar birorta tekshiruvchi o‘tmasa, RSVP – demon, so‘rovni yaratgan ilovaning jarayoniga xato to‘g‘risida xabarni jo‘natadi. Agar ikkala tekshiruv ham normal holatda o‘tsa, RSVP – demon paketlarni tasniflash ko’rsatkichlarini va kerakli QoS pog‘onasini olish uchun paketlarni rejalashtiruvchini o‘rnatadi. Paketlarni tasniflovchi har bir paket uchun QoS sinifini aniqlaydi, paketlarni rejalashtiruvchi esa QoS sinfiga asoslanib paketlarni uzatishni boshqaradi. Navbatlarda vaznli adolatli navbat algaritmi (Weighted Fair Queing - WFQ) va ixtiyoriy oldindan aniqlangan og’irlik algaritmi (Weighted Random Farly Detection - WRFD) rejalashtirish pog‘onasida QoSni qo‘llashni ta’minlaydi. WFQ va WRFD algoritmlarini quyida ko‘rib chiqamiz. Kira olishni boshqarish moduli tomonidan qarorni qabul qilish jarayonida talab etilgan o‘tkazish yo’lagini zahiralashni faqat shunday holda bo‘ladiki, unda agar qolgan qismning talab etilgan trafik sinfi uchun yetarli bo‘lsa zahiralanadi, aks holda kira olishga so‘rov rad etiladi, lekin trafikning shu sinfi uchun jim turishi bo‘yicha aniqlangan xizmat ko‘rsatish sifati bilan baribir trafik uzatiladi. Ko‘p hollarda, bitta yoki bir nechta marshrutizatorlarda kira olishga agar so‘rov rad etilsa ham yuklama ortib ketgan marshrutizatorlarda zahiralashni o‘rnatib, ma’qul bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sifatini yana modul amalga oshirib boraveradi. Shuning uchun boshqa ma’lumotlar oqimi, ular tomonidan buyurtirilgan o‘tkazish yo’lagidan to‘liq foydalana olishlari mumkin. 16 Zahiralash har doim bitta va faqat shu bitta manzilli yo‘l yoki ko‘p manzilli daraxt bo‘yicha davom ettirilishi kerak. Aloqa liniyasining ishdan chiqish holatida marshrutizator shu to‘g‘risida RSVP – demonga, u generatsiyalayotgan RSVP – xabarlar yangi yo‘l bo‘ylab uzatilishi uchun xabar berishi kerak. Zahiralashni o‘rnatish jarayonini beshta alohida qadamlarga bo‘lishi mumkin: 1) Ma’lumotlarni jo‘natadiganlar RSVP boshqaruv xabarlarini, odatdagi trafikni ma’lumotlar bilan jo‘natadigan yo‘l bo‘ylab yuboriladi. Shu xabarlarda, jo‘natilgan yoki faqat hozirda jo‘natiladigan ma’lumotlar ta’riflanadi. 2) Har bir RSVP – marshrutizator PATH – xabarlarni tutib oladi, avvalgi tayinlash nuqtasining IP – manzilini saqlaydi, uni o‘rniga shaxsiy manzilini yozdiradi va ilovalarning ma’lumotlari uzatiladi, yo‘l bo‘yicha yangilangan xabarni jo‘natiladi. 3) Qabul qiluvchi – stansiyalar uchun PATH – xabarni ular qabul qilgan seanslar ko‘pligini tanlaydi va RSVP va RESV – xabarlar yordamida avvalgi marshrutizatorlardan resurslarni RSVP - zahiralashni so‘rab oladi. RSVP RESV – xabar qabul qiluvchidan RSVP PATH – xabarlar o‘tgan marshrut bo‘ylab teskari tomondagi yo‘nalishda yuboruvchiga ketadi. 4) RSVP – marshrutizatorlar mana shu RESV – so‘rovlarni xotirada ushlashi mumkinmi yo‘qligini aniqlaydi. Agar ha degan javob bo‘lsa, u holda ular zahiralashga olingan so‘rovlarni yig‘adi va avvalgi marshrutizatorga so‘rovni jo‘natadi. 5) Tegishli marshrutizatorlardan resurslarni zahiralashga so‘rovlarni qabul qilib, jo‘natuvchilar resurslarni zahiralash yakunlandi degan xulosaga keladi, ya’ni xaqiqiy resurslarni RSVP xabarlar tomonidan amalga oshirilgani tasdiqlanadi. RSVP – zahiralash mexanizmi sxematik ravishda 1.2 - rasmda ko‘rsatilgan. 17 1.2- rasm. Resurslarni zahiralashning RSVP mexanizmi Download 381.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling