Qos ni ta’minlash usullari
Download 381.14 Kb. Pdf ko'rish
|
titulsiz
RSVP – komponentlari. RSVP – komponentlari quyidagi funksiyalarni
bajaradi: - RSVP – jo‘natuvchi (RSVP sender) bu – RSVP – seansida trafikni jo‘natishni aniqlashtiruvchi (initsialovchi) ilova. Quyida RSVP – tarmoq bo‘ylab RSVP – jo‘natuvchi uzatishi mumkin bo‘lgan oqimlarni tasnifi keltirilgan: a) ma’lumotlarni uzatish tezligining o‘rtachasi; b) tez (otilib) chiqishning maksimal hajmi. Anjumanlar vaqtida yoki IP - protokol bo‘ylab (VoIP) ovozni uzatishda ilova RSVP – jo‘natgich va RSVP – qabul qilgich rolini ham bajarishi mumkin. Quyida RSVP – tarmoq bo‘ylab RSVP – qabul qilgichlar uzatishi mumkin bo‘lgan oqimlar tavsifi sanab o‘tiladi: a) ma’lumotlarni uzatish tezligining o‘rtachasi; b) tez chiqishning maksimal hajmi; c) QoS, unga qo‘shiladigan: - kafolatli xizmat ko‘rsatishi – PATH – xabarlarida, shuningdek tarmoqda bo‘lishi mumkin bo‘lgan maksimal kechikish uzatiladi; 18 - boshqariladigan yuklanish bilan xizmat ko‘rsatish - marshrutizatorlar faqat tarmoqdagi kechikishlar minimal bo‘lgandagina kafolat beradi. RSVP protokolida 7 xil xabarlar ishlatiladi; ikkitasi shartli PATH, RESV va beshta opsional – PATH ERROR, PATH TEARDOWN, RESV ERROR, RESV CONFIRM va RESV TEARDOWN. RSVP marshrutizatorlar va mijozlar bu xabarlarni zahiralash holatini qo‘llab quvvatlash va yaratish uchun ishlatadi. Odatda IP protokolining ustidan bevosita RSVP protokoli ishlaydi. Demak, RSVP protokoli ishonchsiz datagramma hisoblanadi. Ular marshrutizatorlarda davriy ravishda yangilanishi kerak bo‘lgan moslashuvchan holatni yaratishga yordam beradi. RSVP protokoli RSVP, RESV xabarlari yordamida so‘rashi mumkin bo‘lgan integrallashgan xizmatni ikkita turini ko‘rsatadi: yuklanishni boshqarish xizmati va kafolatlangan bitli tezlik xizmati. Boshqariladigan yuklanish – yuklanishni boshqarish xizmat (controlled load service) zahiralangan oqimni belgilangan joyiga kafolatsiz yetkazib beradigan trafik tomonidan minimal ta’sir ko‘rsatilsa, yetkazib berishni kafolatlaydi. Bundan tashqari bu xizmatlarni ishlatishda Cisco kompaniyasi alohida zahiralangan oqimlarni izolyatsiyasini inobatga olgan. Oqimlarni izolyatsiya qilish resurslarni zahiralashda tarmoqda mavjud boshqa zahiralangan rusurslarni ta’sir qilmasligini ta’minlaydi. Qoida bo‘yicha yuklanishni boshqarish xizmati tarmoqni o‘ta yuklanishga sezgir bo‘lgan internet ilovalarining trafigini uzatishda qo‘llaniladi. Shuningdek, ilova yuklanishsiz tarmoqda juda yaxshi ishlaydi, lekin o‘ta yuklanish bo‘lganda tezda “yaroqsiz” holga keladi. Masalan: FTP protokolida ishlovchi ilova. Download 381.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling