Qo’sha gapning turlari yuzasidan mashqlar
Bu tasnifda qo'shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga qanday
sintaktik munosabatda ekanligi nazarda tutiladi. Qismlari orasida
funksional munosabatiga ko'ra qo'shma gap har xil bo'ladi. So'z
qo'shilmasida, uyushiq bo'lakda bo'lgani kabi, gap orasidagi
munosabat tenglik (birikish, zidlanish, ayirish) yoki tobelik
tabiatida bo'lishi mumkin. Tenglik munosabati ko'p holatda faqat
ohang bilan bog'langan qo'shma gap, yuklama bilan bog'langan
408
qo'shma gap esa teng bog'lovchilar vositasida bogiangan qo'shma
gap orasida ko'riladi. Bog'lovchi va yuklamaning ma’nosiga ko'ra
qo'shma gap tarkibiy qismlari orasidagi munosabat:
a) mo'tadil birin-ketinlik: Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi.
Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi;
b) uzilmas birin-ketinlik: Bahor boshlandi-yu, dalada ishlar qizidi',
d) ayiruv: Goh yig'ladi, goh kuldi;
e) zidlov: Keldi, lekin gapirmadi. Tortindi, lekin kirdi.
Qo'shma gap tarkibiy qismlari orasida tobelik aloqasi
mohiyatan so'z birikmasi tarkibiy qismlari orasidagi hokim-tobelik
munosabati bilan o'xshash. Farq shundaki, bunda tobe qism ham,
hokim qism ham alohida gap bilan ifodalanadi. Bu masala
tilshunosligimizda ≪Ergash gapli qo'shma gaplar≫ mavzusi doirasida
chuqur va atroflicha o'rganilgan.
Gap bo'laklariga muvofiq ravishda bunday qo'shma gaplar 5
turga ajratiladi.
1. Kesim tobe gapli qo'shma gap: Meni hayratda qoldirgan narsa
shuki, qizjuda og'ir yarador bofishiga qaramay jilmayar edi. (Oyd.).
2. Ega tobe gapli qo'shma gap: Kim biro\>ga chuqur qazisa, unga o'zi
yiqiladi. (Maq.).
3. Hoi tobe gapli qo'shma gap: Yomg‘ir aralash qor yog‘ib turgan
bo'lsa ham, и negadir shosliilmas, xayol bilan band edi. (O.Yoq.).
4. To'ldiruvchi tobe gapli qo'shma gap: Shunga erishishimiz kerakki.
ayollar hayotning har bir sohasida yerlar bilan teng bo ‘bin. (A.Qah.).
5. Aniqlovchi tobe gapli qo'shma gap: Umrlar bo'ladiki,
tirigida o'likdir. Umrlar bo'ladiki, mangulikka tirikdir. (M.Shayx.).
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bu tasnif ma'no bilan bog'liq
bo'lganligi sababli bir qo'shma gapning o'zi xilma-xil tasnif etilishi mumkin.
Qo‘shma gap tarkibiy qismlarining ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Qo'shma gapning o'zi yaxlitlikda ifoda maqsadiga ko'ra darak,
so'roq, buyruq ma’nolarini ifodalaydi.
1. Bordik, ko'rdik.
2. Bordimi, ko'rdimi?
3. Borsin, ko'rsin!
Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o'zi ham ifoda
maqsadiga ko'ra darak, so'roq, buyruq ma’nosiga ega bo'lishi
mumkin. Bu quyidagi turlarni beradi:
1) darak gap + darak gap. Bordik, ko'rdik.
2) darak gap + so'roq gap. Bordik, ko'rdingmi?
409
3) darak gap + buyruq gap. Boramiz, sen ham kel.
4) so'roq gap + so'roq gap. Kecha bordingmi, uni ko'rdingmi?
5) so'roq gap+darak gap. Borasanmi, и keldi
6) so'roq gap+buyruq gap. Keldingmi, kir!
7) buyruq gap+buyruq gap. Bor, k o ‘r!
8) buyruq gap+so'roq gap. Unga ayt, borasanmi?
9) buyruq gap+darak gap. Kelsin, unga aytamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |