2-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi majburiy bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxslarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
9. Soliq kodeksi talablariga muvofiq quyidagi soliq to‘lovchilar majburiy tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishi bo‘yicha ariza taqdim etishi kerak:
Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar;
O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa;
faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
10. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash majburiyati yuzaga kelgan kundan boshlab besh ish kuni ichida, biroq shaxs qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishi majbur bo‘lgan oyning birinchi sanasidan kechiktirmasdan soliq organiga yuborilishi kerak.
Ariza soliq organiga elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi va jo‘natilgan paytda soliq organi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
3-bob. Soliq to‘lovchilarni ixtiyoriy maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
11. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi talablariga muvofiq quyidagilar ixtiyoriy ravishda maxsus ro‘yxatdan o‘tishga haqli:
aylanmadan olinadigan soliq to‘lashni ixtiyoriy ravishda rad etgan yuridik shaxslar;
soliq davrida tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
12. Ixtiyoriy ravishda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan hollarda ariza soliq to‘lovchi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadigan oy boshlanishiga qadar yetti ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak.
Ariza soliq organiga elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi va jo‘natilgan paytda soliq organi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |